Nurafshonda gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda
🔴 Jumladan, "Qumariq" MFY, Zarafshon ko‘chasidagi gaz taqsimlash tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, xonadonlarda tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berilib, eslatmalar tarqatildi.🔴 Degantepa MFY hududida esa aholi xonadonlariga bosim sozlagichlarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur qurilmalar gaz bosimini me’yorlashtirish va iste’molchilar uchun xavfsiz foydalanish sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
❗️Bu kabi profilaktik va texnik tadbirlar gaz ta’minoti tizimining barqarorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda aholi xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 telekanali bilan hamkorlikda Prezidentning PQ–49-son qarori asosida “og‘ir mahalla” sifatida belgilangan Qumariq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.
Unda mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yoritilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#jarayon
Xabar berganimizdek, joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Festivalga katta tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Keng maydon bo‘ylab hududlarning o‘ziga xos anʼana va urf-odatlarini aks ettiruvchi povilyonlar qad rostlayapti, ko‘rkazmalar uchun joylar hozirlanyapti. Xullas, ish jarayoni qizg‘in kechmoqda.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!
Sayilga marhamat!
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Xabar berganimizdek, joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Festivalga katta tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Keng maydon bo‘ylab hududlarning o‘ziga xos anʼana va urf-odatlarini aks ettiruvchi povilyonlar qad rostlayapti, ko‘rkazmalar uchun joylar hozirlanyapti. Xullas, ish jarayoni qizg‘in kechmoqda.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan, "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!
Sayilga marhamat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Murojaatlar e’tiborda: fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul
Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.
✅ Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan yig'ilishda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
Nurafshon shahridagi mahallalarda energiya barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlari va transformator punktlarining kuz-qish mavsumidagi barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Muqumiy MFY hududidagi TP-335 transformator punktida mavjud qurilmaning rubinligini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Qumariq MFY hududidagi TP-43 transformator punktida esa mavjud 160 kVA quvvatli transformatorni yuklamadan xalos etish maqsadida 250 kVA quvvatli transformatorni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qumariq MFY hududida transformator uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda elektr kabellarini tortish ishlari davom etmoqda.
Mazkur ishlar elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, mavjud yuklamalarni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1