Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 telekanali bilan hamkorlikda Prezidentning PQ–49-son qarori asosida “og‘ir mahalla” sifatida belgilangan Qumariq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Unda mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yoritilmoqda.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#jarayon

Xabar berganimizdek, joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalga katta tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Keng maydon bo‘ylab hududlarning o‘ziga xos anʼana va urf-odatlarini aks ettiruvchi povilyonlar qad rostlayapti, ko‘rkazmalar uchun joylar hozirlanyapti. Xullas, ish jarayoni qizg‘in kechmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Parkentning betakror va go‘zal tabiatidan,  "Uzum sayli"ning chinakam zavqidan bahra olishga chorlaymiz!

Sayilga marhamat!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Murojaatlar e’tiborda: fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul


Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan yig'ilishda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.


Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

❗️Fuqarolar murojaatlariga e’tibor, muammolarga amaliy yondashuv va natijadorlik — aholi bilan ishlashda asosiy mezon sifatida belgilanmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda


Nurafshon shahridagi mahallalarda energiya barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlari va transformator punktlarining kuz-qish mavsumidagi barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Muqumiy MFY hududidagi TP-335 transformator punktida mavjud qurilmaning rubinligini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qumariq MFY hududidagi TP-43 transformator punktida esa mavjud 160 kVA quvvatli transformatorni yuklamadan xalos etish maqsadida 250 kVA quvvatli transformatorni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.


Shuningdek, Qumariq MFY hududida transformator uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda elektr kabellarini tortish ishlari davom etmoqda.

Mazkur ishlar elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, mavjud yuklamalarni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

❗️Kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1