Bayramga munosib tuhfa: Nurafshonda Pedagogik mahorat markazi ochildi
650 o‘rinli, zamonaviy laboratoriyalar, STEAM xonasi, video studiya, kompyuter xonalari va kutubxonaga ega yangi Pedagogik mahorat markazi pedagoglarning kasbiy rivoji uchun barcha zarur sharoitlarni o‘zida mujassam etgan.
✅ Yiliga 12 250 nafar pedagogning malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan markazda, shuningdek, 200 o‘rinli yotoqxona va 100 o‘rinli zamonaviy oshxona ham tashkil etilgan.
Nurafshon shahridagi mazkur zamonaviy markazning tantanali ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, ta’lim sohasi mutaxassislari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
✅ Tadbirda so‘zga chiqqan E’zoza Karimova mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish va ustozlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.
Nurafshonda foydalanishga topshirilgan Pedagogik mahorat markazi — ustozlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan muhim maskan bo‘ladi.
Shu kuni Nurafshon shahrida o‘tkazilgan Beshinchi ustozlar forumining hududiy bosqichi ham tantanali ravishda yakunlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Elektr energiyasi tizimida raqamlashtirish ishlari davom etmoqda
🔴 Jumladan, “Yoshlik” MFY hududidagi xonadonlardan birida elektr energiyasi hisoblagichiga SMARTAPP qurilmasi o‘rnatildi. Mazkur qurilma orqali hisoblagich ko‘rsatkichlarini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish imkoniyati yaratilib, tegishli ma’lumotlar Billing dasturiga elektron shaklda yuborildi. Bu esa elektr energiyasi sarfini aniq hisobga olish va hisob-kitoblarni tartibli yuritishga xizmat qiladi.🔴 Bundan tashqari, “Oybek” MFY hududidagi TP-102 transformator punktiga balans hisoblagichini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.🔴 Shuningdek, “Taraqqiyot” MFY hududidagi xonadonda elektr energiyasi hisoblagichi soz holatga keltirilib, belgilangan tartibda muhrlandi.
❕Mazkur ishlar elektr energiyasi iste’molini aniq hisobga olish, hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlash hamda elektr ta’minoti xizmatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#ezgulik
Inson qadri — eng oliy mezon: viloyatda ehtiyojmand fuqarolarga endoprotezlash uchun 1,2 milliard so‘m ajratildi
Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va har bir fuqaroning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan navbatdagi xayrli ish ham ana shu ezgu tamoyilning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Xususan, viloyat hokimining 2026-yil 24-avgustdagi farmoyishiga muvofiq, ehtiyojmand fuqarolarda endoprotezlash operatsiyalarini o‘tkazish va zarur tibbiy vositalarni xarid qilish uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug‘ to‘yi arafasida ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday amaliy ko‘mak — «inson qadri uchun» degan ezgu g‘oyaning barqaror ekanidan dalolat.
Ajratilgan mablag‘ Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yo‘naltirilib, uning belgilangan tartibda maqsadli va samarali sarflanishi ta’minlanadi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram

Mazkur mablag‘ hisobidan 40 nafar bemor uchun o‘rtacha 30 million so‘m qiymatdagi chanoq-son hamda tizza bo‘g‘imi endoprotezlarini xarid qilish rejalashtirilgan.
Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug‘ to‘yi arafasida ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday amaliy ko‘mak — «inson qadri uchun» degan ezgu g‘oyaning barqaror ekanidan dalolat.
Ajratilgan mablag‘ Toshkent viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yo‘naltirilib, uning belgilangan tartibda maqsadli va samarali sarflanishi ta’minlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogining Respublika bosqichi o‘tkazildi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshonda gaz ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari davom etmoqda
✔️ Jumladan, “Oybek” MFY, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi hududida mavjud gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar gaz tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash va kelgusida iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.✔️ Shuningdek, “Degantepa” MFY hududidagi aholi xonadonlariga gaz bosimini me’yorida ushlab turish va gaz ta’minoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida regulyatorlar o‘rnatilmoqda.
❕Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar hududdagi gaz ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash, mavjud tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👌1