Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda
Nurafshon shahri markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilishi belgilangan yer osti piyodalar yo‘lagi hamda 24/7 ko‘chalarida erta tongdan qizg‘in obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
❗️ Ayni paytda hududlarda yakuniy tayyorgarlik ishlari bajarilib, atrof-muhit chiqindilardan tozalanmoqda, yashil hududlar kengaytirilib, gul ko‘chatlari va manzarali daraxtlar ekilmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan mazkur bunyodkorlik ishlari shaharning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, shuningdek, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan.
Nurafshon shahrida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshon shahar Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhiga ochiq tanlov e'lon qilinadi
❓ Yoshlar maslahat guruhi nima? — Bu yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, ularning muammolari va takliflarini Kengash deputatlariga yetkazish uchun tuzilgan maslahat organidir.❗️ Kimlar ishtirok etishi mumkin? — 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan faol yoshlar, shahar hududida yashovchi, o‘quvchi, talaba yoki ishlovchilar, jamoada ishlashga va yangi g‘oyalarni ilgari surishga tayyor nomzodlar.
✨ Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan yoshlarning ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi!
📝 Ariza topshirish:
🗓 Muddat: 18-sentyabrgacha.
🔹 Aizani @YMG_arizalar_qabuli_bot orqali topshirasiz.
💡 Savollaringiz bormi?
Axborot uchrashuvimizga keling:
📅 Sana: 22-23-sentyabr .
🕒 Vaqt: 10:00 dan 12:00 gacha.
📍 Joy: Yoshlar markazi.
KELAJAGINGIZNI BUGUN BIZ BILAN BIRGA QURING! 🚀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Oilalarni mustahkamlash — ustuvor vazifa
Nurafshon shahrida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalarni yarashtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
❗️Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova so‘zga chiqib, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanini, oilaning mustahkamligi esa jamiyat barqarorligining muhim omili hisoblanishini ta’kidladi. Shuningdek, oilalarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va sog‘lom muhitni qaror toptirish muhim vazifa ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda tegishli tashkilot va mutasaddilar ishtirok etib, oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash hamda farzandlar tarbiyasiga oid masalalar yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berdi.
❗️ Tadbir davomida jami 13 ta ajrim yoqasidagi oila qamrab olindi. Olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlari natijasida 6 ta oila yarashtirildi. Eng muhimi, yarashtirilgan oilalardagi 14 nafar farzandning ota-ona mehridan ayrilmasligi, to‘laqonli oilada tarbiya topishi uchun muhim qadam tashlandi.
❕ Bunday profilaktik uchrashuvlar oilalar barqarorligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish, farzandlar manfaatlarini himoya qilish va jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Nurafshon shahrida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
✔️ Sayyor qabulga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchilik qildi. Unda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, hokim o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilot hamda korxonalar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
✔️ Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Yechimi bevosita joyida ta’minlanishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.✔️ Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni ortga surmasdan hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Obodonlashtirish xodimlariga bayram sovg‘alari ulashildi
✅ Shaharning ko‘chalari, jamoat joylari va hududlarini obod saqlashda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida 100 ta oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.
Sovg‘alar Nurafshon shahridagi «Said ibn Vaqqos» jome masjidida obodonlashtirish xodimlariga tarqatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4