Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
49K photos
4.82K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
#Live #Shukuh

Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yangi binosi foydalanishga topshirildi

Ayni damda "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi uchun yangi qurilgan binoning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu inshoot 10 mlrd so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablarga javob beradigan, texnik jihozlar bilan ta’minlangan holda barpo etildi. 

Yangi va zamonaviy binoda xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan, aloqa va nazorat tizimlari o‘rnatilgan.

Marosimda viloyat, shahar hokimligi vakillari, keng jamoatchilik, Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Soʻzga chiqqan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yangi inshootning ahamiyati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tutgan o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Bu kabi zamonaviy binolarning barpo etilishi mamlakatimizda aholi xavfsizligi va hayotini muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Shukuh

Ayni damda Nurafshon shahridagi “Nurafshon business city” hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlandi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan mazkur tantanaga oʻzgacha taraddud koʻrildi. Bayram hududiga kelayotgan mehmonlar orasida el-yurt xizmatida boʻlgan turli soha vakillari, nuroniylar, ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy sohalarda samarali mehnat qilayotgan insonlar qatnashmoqda.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyat ahlini bayram bilan tabriklab, oxirgi yillarda turli sohalarda erishilgan yutuqlar, kelgusidagi rejalar xususida nutq soʻzlamoqda.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin

📱 Facebook

📱 You Tube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Live #Shukuh

Ayni damda Nurafshon shahridagi “Nurafshon business city” hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlandi.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin

👉 Facebook

👉You Tube

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍2
#Shukuh

Muazzam maydon uzra chinakam bayramona kayfiyat hukmron.

Bu bayram dasturining tarixiy blokida ayniqsa yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Xususan, elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, folklor jamoalarining chiqishlari, sportchilar, quvnoq bolajonlar, tinchligimiz posbonlarining koʻrgazmali namoyishlari barchaga oʻzgacha zavq bagʻishlamoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sana
#shukuh

25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin posbonlar,
Yelkangizga yulduz to‘ksin osmonlar!


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42
#shukuh

Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi


Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi “O‘zbegim” tantanalar saroyida soha fidoyilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etdi.

“Bugungi kunda sohangiz rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sizlarning tinimsiz sa’y-harakatlaringiz tufayli jamiyatda sog‘lom turmush tarzi qaror topmoqda. Shu o‘rinda, yurtdoshlarimiz salomatligini asrash yo‘lida ko‘rsatayotgan fidoyiligingiz, sadoqatingiz va professionalligingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman”, - dedi shahar hokimi I. Klichxanov.


Shu kuni soha xodimlarining bir guruhi shahar hokimligi nomidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ayniqsa, kecha davomida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar barchaga bayramona kayfiyat bag'ishladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
6🔥4👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Tibbiyot xodimlariga ehtirom ko'rsatildi


Xabaringiz bor, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni sifatida yurtimiz bo'ylab nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan Nurafshon shahridagi "O'zbegim" tantanalar saroyida Tibbiyot xodimlari uchun tashkillashtirilgan bayram shodiyonasi davom etmoqda.

Mavzuga oid batafsil ma’lumot yuqoridagi lavhada yoritilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5👏32
#shukuh

Bayram shukuhi davom etmoqda


Xabaringiz bor, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni sifatida yurtimiz bo'ylab nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan Nurafshon shahridagi "O'zbegim" tantanalar saroyida Tibbiyot xodimlari uchun tashkillashtirilgan  bayram shodiyonasi davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍53
#shukuh

Hurmatli qishloq xo‘jaligi fidoyilari!

Sizlarni mo‘l-ko‘lchilik, baraka va mehnat bayrami – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Yer bilan tillashib, har bir don urug‘iga mehr berib, quyosh tig‘i ostida, sovuq va issiqda tinmay mehnat qilayotgan siz azizlar – yurtimiz farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligining haqiqiy tayanchisizlar.

Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz tufayli dasturxonlarimiz to‘kin, bozorlarimiz sermahsul, kelajagimiz esa ishonchli bo‘lib bormoqda.

Bugun qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajribalar joriy etilmoqda, fermer va dehqonlarimizning mehnati munosib qadrlanmoqda. Bu yutuqlarning zamirida esa sizlarning fidoyiligingiz, mas’uliyatingiz va yurtga sadoqatingiz mujassam.

Bugungi bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-baraka, dalalaringizga mo‘l hosil tilaymiz.

Qilgan mehnatingiz doimo e’zozda bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
👍6
#shukuh

Viloyat bosh archasi o‘rnatilgan maydondagi bayram dasturlari Sizga muntazir!

❄️"Nurafshon Business City" hududidagi amfiteatr maydonida shu kunlarda chinakam Yangi yil bayrami shukuhi hukmron.

🔄Ertaga 18.00 dan boshlab bu yerda o‘rnatilgan 30 metrlik muhtasham archa chiroqlari porlaydi va  har kunlik bayram dasturlariga rasman start beriladi.

🎄Katta archa  28 mingdan ziyod zumrad o‘yinchoqlar bilan bezalgan.  Maydonda o‘rnatilgan dekorativ jihozlar, bezakli atributlar Yangi yil ruhi va falsafasiga mos muhitni hosil qilgan.

❄️Bosh archa maydonidagi tadbirlar  aholi vakillari va viloyatimiz mehmonlari, ayniqsa, bayramning bosh "qahramonlar"i bo‘lgan kichkintoylar  uchun har taraflama qulay,  xavfsiz tarzda o‘tishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bayram shodiyonalari har kuni ertalab soat 10:00 dan boshlanib, oqshom soat 22:00 gacha davom etadi.

🫥Mazmunan boy, biri-birini takrorlamaydigan dasturlar asosida teatrlashtirilgan tomoshalar, havaskorlik va badiiy jamoalar chiqishlari, san’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi shou-konsertlar va albatta bayram timsollari bo‘lgan Qorboboyu  Qorqiz, turfa ertak qahramonlari Sizga hamda oilangizga bayramona xush kayfiyat ulashish uchun  muntazir!

Viloyatning bosh archasi o‘rnatilgan maydondagi bayram tantanalari 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi.

Barchangizni kutamiz!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1
#shukuh

Viloyatda iftorlik dasturxoni yozildi

Bugun “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” ezgu g‘oyasi asosida mamlakatimizning barcha hududlarida iftorlik tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Xususan, Chirchiq shahridagi "Kimyogar" to‘yxonasida tashkil etilgan fayzli dasturxon atrofiga viloyatimiz faollari, nuroniylar, imkoniyati cheklanganlar, keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan iftorlik tadbirlarida videokonferensaloqa orqali viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan faollar va nuroniylar ham  ishtirok etishdi.

Tadbir davomida samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar yangrab, jamiyatimizdagi ahillik va birdamlik yanada mustahkamlandi.

Qur’on tilovat qilinib, minglab insonlar Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi uchun duoga qo‘l ochdi.


Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#shukuh

Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!

Toshkent viloyatida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bahor bayrami keng nishonlanmoqda.

Bugun asosiy tantanalar Nurafshon shahridagi amfiteatr va uning atrofida tashkil qilindi.

Barchaning kayfiyati o‘zgacha. Karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarning kutib olinishi, folklor jamoalarining chiqishlari, milliy hunarmandchilik namunalari namoyishi, dillarga quvonch ulashgan Navro‘z shukuhi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Amfiteatrga olib boruvchi katta yo‘l bo‘yida har bir tuman va shahar uchun bayram pavilyonlari ajratilgan.

Sumalak, osh, bahor ne’matlaridan tayyorlangan ko‘k chuchvara, ko‘k somsa singari tansiq taomlar bayram dasturxonlarini bezadi.


Viloyat ahli va mehmonlar taomlardan tatib ko‘rib, hududlarning azaliy pazandachilik va mehmondo‘stlik qadriyatlariga baho berdi.

Asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tgan amfiteatrga qadar bo‘lgan hudud atrofida o‘zgacha kayfiyat hukmron. Har yerda Navro‘z nafasi va shukuhi, kuy-qo‘shiqlar avjida.

Bir tomonda esa, sportchi yoshlar turli milliy sport musobaqalari bilan o‘zaro bellashdilar. Bolajonlar bilan birgalikda varrak sayli o‘tkazildi.

Bunday ko‘tarinki kayfiyat bejiz emas. Viloyatning turli milliy madaniyat markazlari urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandlar, qo‘li gul musavvirlarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyum va asarlari, ijod namunalari barchaga manzur bo‘ldi.


Tantanali bayram dasturidan so‘ng Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat faollari, oqsoqollar, deputatlar, martabali mehmonlar bilan birga sayilgohni aylanib, har bir nuqtada to‘xtalib, odamlar bilan suhbatlashdi, bayram bilan qutladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#shukuh

Milliy qadriyatlar jam bo‘lgan sayl

Milliy qadriyatlarimiz tarannum etilgan bugungi bayram saylida rang-barang pavilonlar, maqom va estrada chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Toshkent viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi ham ushbu shodiyonada o‘z paviloni bilan faol ishtirok etdi. Boshqarma tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada xalqimizning boy an’analari, hunarmandchilik namunalari va bahoriy taomlar namoyish etildi.

Mehmondo‘stlik bilan bezatilgan dasturxon atrofida barcha tashrif buyuruvchilarga sumalak va milliy ne’matlar tortiq qilinib, bayram sayli unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👎1
#Shukuh

Nurafshon oqshomi

Musaffo osmon uzra mushaklar raqsi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

No comment. Nurafshonda bayram shukuhi...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari arafasida shahar ahli va mehmonlariga yana bir munosib tuhfa — 70 metr uzunlikdagi zamonaviy musiqali favvoralar majmui ishga tushirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Nurafshonning haqiqiy yuragiga aylanib borayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, uning bag‘ridagi muazzam ko‘l va yangidan barpo etilgan favvoralar ansambli tungi Nurafshonga alohida shukuh va joziba bag‘ishlamoqda.

Nurafshon Business City majmuasi bag‘rida 70 metr balandlikka otiluvchi musiqali favvora o‘z faoliyatini boshladi!

Mo'jazgina ko‘l bag‘rida suv, rangli chiroqlar va musiqa uyg‘unligidagi betakror tomosha sizni kutmoqda.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nurafshon ahli va shahar mehmonlariga munosib tuhfa bo‘ldi!

Aziz hamyurtlar, viloyatimiz ahli!

Yaqinlaringiz, oilangiz, farzandlaringiz va do‘stlaringiz bilan Nurafshonga tashrif buyuring. Yangi shahar qiyofasini ko‘ring, favvoralar jilosidan, marvarid tomchilar havosidan bahra oling, zavqlaning!

🕗Har kuni | 20:00–22:00

📌Manzil: Nurafshon Business City, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#shukuh

«Uzum sayli»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Parkentda «Uzum sayli-2026» xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda, o‘zgacha bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tabiat saxovati, zahmatkash dehqon mehnati va xalqimizning asrlar davomida shakllangan ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu sayil nafaqat uzumchilikning betakror an’analarini namoyon etuvchi, balki xalqimizning mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi va milliy qadriyatlarini tarannum etuvchi katta bayram sifatida keng nishonlandi.

Bayramga xorijdan, mamlakatimiz hamda Toshkent viloyatining turli hududlaridan mehmonlar, soha vakillari, tajribali uzum yetishtiruvchi mirishkorlar, tadbirkorlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.
Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokchilar va bayram mehmonlarini samimiy qutlab, barchaga ezgu tilaklarini bildirdi. O‘zbekistonda uzumchilikni rivojlantirish, sohada ko‘p yillik tajribaga ega mirishkorlarning fidokorona mehnatini munosib qadrlash, qadimiy dehqonchilik an’analarini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Tantanali ochilishdan so‘ng bayram dasturi katta gala-konsertga ulanib ketdi. El suygan san’atkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlari, jo‘shqin raqslar, yorqin sahna chiqishlari va ko‘tarinki kayfiyat Zarkent osmoniga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bayram maydonida musiqa sadolari yangrab, mehmonlar va ishtirokchilar birgalikda unutilmas lahzalarga guvoh bo‘ldilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#live
#shukuh

Bir necha daqiqalardan so'ng Nurafshon shahridagi “Yangi O'zbekiston" bog'i hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlanadi.

Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram
Facebook
📹 YouTube

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Toshkent viloyatida mustaqilligimizning 35 yillik tantanalari ko‘tarinki ruh, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyada nishonlandi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2