Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Vazifalar ijrosi muhokama qilindi

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari, hududdagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda hokimlikning barcha xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan qator dolzarb masalalar muhokama qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqildi.

Jumladan, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilar xavfsizligini har tomonlama ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalari hamda tibbiyot maskanlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham muhokama qilindi. Mazkur obyektlarda issiqlik tizimlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va zarur infratuzilmaning mavsumga shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish davomida davlat rahbari va viloyat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar, shuningdek, yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan vazifalar ijrosi ham atroflicha tahlil qilindi. Har bir topshiriqning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bundan tashqari, mahalla yettiligi faoliyati, balansda bo‘lgan va tadbirkorlarga foydalanish uchun berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, shaharda bo‘sh turgan yer maydonlarini iqtisodiy aylanmaga jalb etish masalalari ham chuqur ko‘rib chiqildi.


Muhokamalar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, hududlarda ishlarni jadallashtirish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

❗️Yig‘ilish yakunida topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, belgilangan vazifalar yuzasidan muntazam nazorat olib borish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


73-maktabda yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog'i yangradi!

Nurafshon shahridagi 73-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Jumladan, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Ahror Eshboyev mazkur maktabda bo‘lib, ustoz va o‘quvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi. Tadbirda ustoz va o‘quvchilar yangi o‘quv yili bilan muborakbod etilib, 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.


❗️ Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va katta marralar sari ilk qadam!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan mavsum oldi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, ko‘p qavatli uy-joylar va ularga tutash hududlarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarda mavsum oldi tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, “Begzod Servis 777” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarning tom qismlari ta’mirlanib, kirish yo‘laklari hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda.


Shuningdek, uy-joylarga tutash hududlar chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Aholining murojaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, zarur xizmatlar ko‘rsatilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

❗️ Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida aholi uchun qulay sharoit yaratish, ko‘p qavatli uy-joylarning texnik holatini yaxshilash hamda hududlarda obodonlik va tozalikni ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.

Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHON KECHA VA BUGUN — YANGI YER OSTI PIYODALAR YO‘LI MUSTAQILLIK TO‘YIGA TO‘YONA BO'LDI!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elon #Tanlov

📣 Tozalik posbonlari rag‘batlantiriladi, eng toza mahallalarga esa pul mukofoti beriladi

100 nafar tozalik posboniga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi
“Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi doirasida sanitar tozalash korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalarida uzoq yillar davomida sadoqat bilan mehnat qilib kelayotgan xodimlarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralarining kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi.


“Eng toza mahalla” tanlovida ishtirok eting
“Eng toza mahalla” tanlovi yakuniga ko‘ra, 14 ta mahalla g‘olib deb topiladi. Har bir g‘olib mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 500 million so‘m ajratilib, xizmat faoliyati uchun bittadan elektromobil topshiriladi.


100 nafar tozalik posboni velosiped bilan rag‘batlantiriladi
Sanitar tozalash va obodonlashtirish sohasi xodimlari, ekofaollar hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining fidokorona mehnatini rag‘batlantirish maqsadida 100 ta velosiped topshiriladi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan katta tantanali tadbir tashkil etildi.

Tafsilotlar “Yoshlar” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

☑️Pensiya — butun mehnat faoliyatining adolatli natijasi

💼 Inson 25, 30 yoki 40 yil davomida mehnat qiladi, malakasini oshiradi, oilasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda davlat budjeti va Pensiya jamg‘armasiga o‘z hissasini qo‘shadi.

📌 Amaldagi tartibga ko‘ra, pensiya hisoblashda fuqaroning so‘nggi 10 yillik mehnat faoliyatidagi ketma-ket eng yuqori 5 yillik ish haqi hisobga olinadi.

Biroq insonning mehnat faoliyati har doim ham bir xil kechmaydi. Pensiyaga yaqin yillarda ish haqi kamayishi yoki obyektiv sabablarga ko‘ra to‘liq ishlash imkoniyati cheklanishi mumkin.

🌍 Xalqaro tajribada esa pensiyani butun mehnat faoliyati yoki muayyan uzoq davrdagi ish haqi asosida hisoblashning turli yondashuvlari mavjud.

🎯 Asosiy maqsad shunchaki “5 yillik davrni olib tashlash” emas, balki ijtimoiy adolatni mustahkamlash, ya’ni insonning yillar davomida qilgan mehnati va haqiqatan to‘lagan ijtimoiy soliqlari pensiyada munosib aks etishini ta’minlashdir.

🇺🇿Batafsil | 🇬🇧More

#Pensiya #IjtimoiyAdolat #MehnatFaoliyati #IjtimoiyHimoya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida


Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, hokim o‘rinbosari N. Djumanova, shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, yer va kadastr masalalari, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmani rivojlantirishga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi uchun mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.

❗️Fuqarolar bilan muntazam ravishda tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1