Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
#Bilasizmi #Pensiya_va_ijtimoiy_himoya

🔰 Qonunchilikka ko'ra, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to'lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo'lgan O'zbekiston fuqarosi, O'zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kiritilishi belgilangan.

📜 "Yagona reestr" ATga kiritish davlat xizmatlari markazi, YIDXP (my.gov.uz) orqali yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.

🚫 Bunda davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun yig'im undirilmaydi (bepul xizmat ko'rsatiladi).

☑️ "Yagona reestr" ATga kiritilganlarga ijtimoiy nafaqalar "Xalq banki"ning tuman (shahar) bo'limlari tomonidan to'lanilishi belgilangan.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz to‘g‘risida bilishni xohlaysizmi?

🖥 Unday bo‘lsa, Pensiya jamg‘armasi tashabbusi bilan my.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmat orqali bu to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu xizmat orqali siz:

🔵 pensiyangizning aniq miqdori;

🔵 umumiy ish stajingiz
qanchaligi;

🔵 aniqlangan o‘rtacha ish haqingiz va hisobga olingan miqdori;

🔵 pensiyangizning tayanch miqdori;

🔵 ortiqcha ish stajlaringiz uchun pensiyangizga qo‘shimcha to‘lov miqdori kabi ma’lumotlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

⏱️ Navbat kutmaysiz — barchasi bir necha soniyada amalga oshadi!

🔗 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1354

❤️ Ushbu yangilikni pensioner yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!
#onlayn_xizmat #pensiya_miqdori

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

☑️Pensiya — butun mehnat faoliyatining adolatli natijasi

💼 Inson 25, 30 yoki 40 yil davomida mehnat qiladi, malakasini oshiradi, oilasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda davlat budjeti va Pensiya jamg‘armasiga o‘z hissasini qo‘shadi.

📌 Amaldagi tartibga ko‘ra, pensiya hisoblashda fuqaroning so‘nggi 10 yillik mehnat faoliyatidagi ketma-ket eng yuqori 5 yillik ish haqi hisobga olinadi.

Biroq insonning mehnat faoliyati har doim ham bir xil kechmaydi. Pensiyaga yaqin yillarda ish haqi kamayishi yoki obyektiv sabablarga ko‘ra to‘liq ishlash imkoniyati cheklanishi mumkin.

🌍 Xalqaro tajribada esa pensiyani butun mehnat faoliyati yoki muayyan uzoq davrdagi ish haqi asosida hisoblashning turli yondashuvlari mavjud.

🎯 Asosiy maqsad shunchaki “5 yillik davrni olib tashlash” emas, balki ijtimoiy adolatni mustahkamlash, ya’ni insonning yillar davomida qilgan mehnati va haqiqatan to‘lagan ijtimoiy soliqlari pensiyada munosib aks etishini ta’minlashdir.

🇺🇿Batafsil | 🇬🇧More

#Pensiya #IjtimoiyAdolat #MehnatFaoliyati #IjtimoiyHimoya

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Rasmiy yuqori oylik fuqaroning kelajakdagi pensiya manfaatida ham ko‘rinishi kerak: xorijiy tajriba nima deydi?

✔️Amaldagi tartibda pensiya hisoblashda 6,0 mln so‘mgacha bo‘lgan ish haqi qismi inobatga olinadi. Shu sababli yuqori daromadli fuqarolar uchun rasmiy ish haqi va kelajakdagi pensiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

🐈‍⬛Ko‘plab davlatlarda pensiya hisoblanadigan daromad uchun chegara mavjud. Shu bilan birga, yuqori daromadli fuqarolarning pensiya manfaatlarini saqlash uchun kasbiy pensiya va qo‘shimcha jamg‘arma mexanizmlari ham qo‘llanadi.

🔼Jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarini rivojlantirish esa rasmiy mehnatga rag‘batni kuchaytirib, pensiya tizimini yanada adolatli va barqaror qilishga xizmat qilishi mumkin.

➡️Har bir fuqaro o‘zining rasmiy mehnati va qo‘shgan hissasi kelajakdagi pensiyasida aks etishiga ishonch hosil qilishi kerak.

🇺🇿Batafsil | 🇬🇧More

#Pensiya #IshStaji #PensiyaTizimi #XalqaroTajriba

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

📊 Brifing: Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar yuzasidan takliflar

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi (ID-10855) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshana Umarova ishtirokida brifing tashkil etildi.

#pensiya #farovonlik #takliflar #Farmon_loyihasi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1