Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
44.4K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz to‘g‘risida bilishni xohlaysizmi?

🖥 Unday bo‘lsa, Pensiya jamg‘armasi tashabbusi bilan my.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmat orqali bu to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu xizmat orqali siz:

🔵 pensiyangizning aniq miqdori;

🔵 umumiy ish stajingiz
qanchaligi;

🔵 aniqlangan o‘rtacha ish haqingiz va hisobga olingan miqdori;

🔵 pensiyangizning tayanch miqdori;

🔵 ortiqcha ish stajlaringiz uchun pensiyangizga qo‘shimcha to‘lov miqdori kabi ma’lumotlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

⏱️ Navbat kutmaysiz — barchasi bir necha soniyada amalga oshadi!

🔗 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1354

❤️ Ushbu yangilikni pensioner yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!
#onlayn_xizmat #pensiya_miqdori

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati