1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣⌛Rasmiy yuqori oylik fuqaroning kelajakdagi pensiya manfaatida ham ko‘rinishi kerak: xorijiy tajriba nima deydi?✔️Amaldagi tartibda pensiya hisoblashda 6,0 mln so‘mgacha bo‘lgan ish haqi qismi inobatga olinadi. Shu sababli yuqori daromadli fuqarolar uchun rasmiy ish haqi va kelajakdagi pensiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.🐈⬛Ko‘plab davlatlarda pensiya hisoblanadigan daromad uchun chegara mavjud. Shu bilan birga, yuqori daromadli fuqarolarning pensiya manfaatlarini saqlash uchun kasbiy pensiya va qo‘shimcha jamg‘arma mexanizmlari ham qo‘llanadi.
🔼Jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarini rivojlantirish esa rasmiy mehnatga rag‘batni kuchaytirib, pensiya tizimini yanada adolatli va barqaror qilishga xizmat qilishi mumkin.
➡️Har bir fuqaro o‘zining rasmiy mehnati va qo‘shgan hissasi kelajakdagi pensiyasida aks etishiga ishonch hosil qilishi kerak.
🇺🇿Batafsil | 🇬🇧More#Pensiya #IshStaji #PensiyaTizimi #XalqaroTajribaTelegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х