Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


YOSHLAR BILAN MULOQOT: MUAMMOGA — YECHIM, TASHABBUSGA — KO‘MAK

Nurafshon shahrida yoshlar bilan ishlashning manzilli tizimi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar IIB boshlig‘i Azizjon Yuldashev, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuvning asosiy e’tibori yoshlarni qiynayotgan masalalarni shunchaki tinglash emas, balki har bir murojaat bo‘yicha aniq chora belgilashga qaratildi.
Yoshlar tomonidan tadbirkorlikni boshlash, mavjud faoliyatni kengaytirish, ishga joylashish, kasb o‘rganish, moliyaviy ko‘mak va imtiyozlardan foydalanish kabi qator masalalar ko‘tarildi.

Murojaatlar tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar yuzasidan joyida zarur topshiriqlar berildi. Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

❗️Muhimi, har bir murojaat — e’tiborda, har bir tashabbus — qo‘llab-quvvatlovda.
Bunday uchrashuvlar yoshlar va mas’ullar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlab, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish imkonini bermoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Nurafshon kecha va bugun — yangi yer osti piyodalar yo‘li Mustaqillik to‘yiga to‘yona bo‘ldi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Natija va mas’uliyat: Prezident videoselektorida berilgan vazifalar ijrosi qat’iy belgilab olindi

Nurafshon shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda Prezident videoselektorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishga Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov raislik qildi. Unda mahalla yettiligi a’zolari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, hisobotlarni yopish maqsadida ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatish, raqamlarni qo‘shib yozish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani keskin qoralandi.

Shuningdek, imtiyozli kreditlar yo‘nalishida belgilangan rejalarni bajarmaslik va mavjud kredit resurslaridan to‘liq foydalana olmaslik holatlari jiddiy tanqid qilindi.

Mas’ullarga Prezident videoselektorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholini daromadli faoliyatga jalb etish, kredit resurslarini o‘z vaqtida o‘zlashtirish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.


Yig‘ilish yakunida topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar, muddatlar va kutilayotgan natijalar qat’iy belgilab olindi.

Bunda asosiy mezon — qog‘ozdagi raqamlar emas, aholi hayotida aks etadigan real natija bo‘lishi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1