Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda


Nurafshon shahrining "Taraqqiyot" MFY binosida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🟣Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.


Mehnat yarmarkasida 14 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolarga jami 453 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 43 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Yakunlarga ko‘ra, 3 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, yana 5 nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 3-sentabr kuni “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida Xorazm tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur shtabning asosiy vazifasi — har bir oila bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini chuqur o‘rganish va mavjud imkoniyatlarni aniq natijaga yo‘naltirishdan iborat.

Shtab faoliyati doirasida:
✔️ kambag‘al va ehtiyojmand oilalar holati mahalla va oila kesimida o‘rganiladi;
✔️ ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi;
✔️ fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mos biznes loyihalarni shakllantirish va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashiladi;
✔️ aholi kasb-hunarga o‘qitilib, zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi;
✔️ har bir oilaga mos ravishda barqaror daromad manbai yaratish bo‘yicha individual yechimlar ishlab chiqiladi;
✔️ banklar, bandlik va iqtisodiy kompleks tashkilotlari bilan hamkorlikda muammolarni joyida hal etish choralari ko‘riladi.


Prezident yig‘ilishida ta’kidlanganidek, kredit ajratishning o‘zi yakuniy natija hisoblanmaydi. Asosiy mezon — ajratilgan mablag‘ hisobiga qancha doimiy ish o‘rni yaratilgani va nechta oila barqaror daromad manbaiga ega bo‘lganidir. Shuningdek, fuqarolarga faqat moliyaviy resurs emas, balki bozor, texnologiya, kasb, biznes-reja va sotuv zanjirini qamrab olgan kompleks yechim taklif etish zarurligi belgilandi.

📈Xorazm tajribasida ham aynan har bir mahalla va oilaning imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud resurslarni aniq loyihalar va barqaror ish o‘rinlariga aylantirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Nurafshon shahrida ham mazkur shtab faoliyati orqali har bir oilaning muammosini o‘rganishdan tortib, uni barqaror daromad manbaiga ega qilishgacha bo‘lgan jarayon manzilli va natijador tarzda tashkil etiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Nurafshonda Koreya bilan hamkorlikda yangi o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi

Bugun Nurafshon shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali negizida tez tibbiy yordam xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan yangi o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz Koreya Respublikasi hukumatining ODA dasturi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan grant loyihasi doirasida tashkil etildi.
Bu viloyatda tez tibbiy yordam mutaxassislarini zamonaviy simulyatsion texnologiyalar asosida tayyorlash imkonini beradi. Markazda shifokor, feldsher va hamshiralar yurak-o‘pka reanimatsiyasi, og‘ir jarohatlar, insult, o‘tkir yurak-qon tomir holatlari, shoshilinch tug‘ruq kabi kritik vaziyatlarda amaliy ko‘nikmalarini oshiradi.

Aytish mumkinki, markaz Respublika tez tibbiy yordam markazi tizimida Koreya hamkorligida tashkil etilgan oltinchi o‘quv-simulyatsiya markazi bo‘ldi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Xavfsizlik — e’tibor va mas’uliyatdan boshlanadi.


Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev kriminogen vaziyatga alohida e’tibor qaratilayotgan «Obod turmush» mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi va mas’ul xodimlar bilan uchrashdi.

✔️Muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, IIB boshlig‘i mahalla hududini aylanib, ko‘cha va jamoat joylaridagi xavfsizlik holatini bevosita o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlarni kuchaytirish va aholi uchun xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❗️Zero, osoyishta mahalla — xavfsiz shahar, xotirjam aholi — barqaror jamiyat demakdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1