Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar o‘rganildi


Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Har hafta aniq reja asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning murojaatlari, muammo va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev ishtirokida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.


Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlarini tinglash bilan birga, har bir masala yuzasidan aniq yechim va amaliy choralarni belgilashga e’tibor qaratildi. Muloqotda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish, ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, moliyaviy ko‘mak olish, mavjud imtiyozlardan foydalanish hamda boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Shahar hokimi Q. Xamdamov uchrashuv avvalida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosati doirasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish mazkur muloqotning asosiy maqsadi ekanini ta’kidladi.


Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan qator taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda

Tafsilotlar “O'zbekiston” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon dehqon bozorida raqamlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i Azizbek Yuldashev ishtirokida Nurafshon dehqon bozoridagi mavjud holat o‘rganildi.

🔘O‘rganish davomida bozor faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish, xizmatlar shaffofligini ta’minlash va boshqaruv samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔘Xususan, savdo rastalari va tadbirkorlik subyektlari haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, savdo jarayonlarini nazorat qilish, narx-navoni monitoring qilish hamda hisob-kitoblarni raqamli tizimlar orqali amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Shuningdek, elektron to‘lovlarni kengaytirish, noqonuniy savdoning oldini olish, soliq tushumlarini to‘liq va shaffof ta’minlash hamda bozor infratuzilmasini raqamli boshqaruv vositalari asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

🔘Jarayon davomida savdogarlar va xaridorlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari o‘rganildi. Bozor hududida sanitariya, kommunal, kadastr, jamoat va yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.


❗️Bozor faoliyatini “raqamli bozor” tamoyillari asosida tashkil etish, xizmatlar sifatini oshirish, savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va aholiga yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Нурафшон_шахар_СЕНТЯБР_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ_2.xlsx
37.5 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida "Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar tafsilotlari O‘zbekiston 24 telekanalining "Vaziyat" dasturida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHON SHAHRIDA ISLOHOTLAR SHTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI


Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari X. Jalolov, Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov hamda shahar prokurori T. Karimov ishtirokida Nurafshon shahrida tashkil etilgan Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash hamda bozorlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


O‘rganish yakunida belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1