Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
Seul shahriga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” biznes sammitida ishtirok etdi.

В продолжение программы пребывания в городе Сеуле Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом бизнес–саммите «Центральная Азия – Республика Корея».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Koreya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon

“Liderlar guruhi” tinglovchilari Nurafshonda

Bugun, 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Liderlar guruhi” dasturida tahsil olayotgan 45 nafar tinglovchi Nurafshon shahriga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrif “Davlat boshqaruvida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini amalga oshirish mexanizmlari” o‘quv moduli doirasida tashkil etilib, ishtirokchilar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiya loyihalari, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va ijtimoiy himoya tizimi bilan yaqindan tanishdilar.

Dastur doirasida tinglovchilar Toshkent viloyati “Vaziyatni tahlil qilish markazi”, Xalq qabulxonasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi hamda “Nurafshon Business City” hududidagi “Cyber University” faoliyatini o‘rgandilar.

Shuningdek, Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan ishlar va investitsiya loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazilib, ochiq muloqotlarda hududlarni kompleks rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Amaliy tashrif tinglovchilarga davlat boshqaruvida nazariya va amaliyot uyg‘unligini bevosita o‘rganish, hududiy boshqaruv tajribasi bilan tanishish hamda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda

Tafsilotlar “O'zbekiston” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Oila mustahkamligi — jamiyat barqarorligining muhim omili


Nurafshon shahrida ajrim yoqasida turgan yosh oilalarni yarashtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

🔘Unda shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat J. Axmedkulov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi F. Jumaboyeva, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.


💠Uchrashuv davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni asrash, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratish hamda mavjud nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

🔘Profilaktik tadbir doirasida ajrim yoqasida bo‘lgan 10 ta oila bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Olib borilgan tushuntirish va yarashtirish ishlari natijasida 4 ta oilaning yarashuviga erishildi.


Mazkur ishlar oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy nizolarning oldini olish, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda fuqarolarga oilaviy masalalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1