Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


7 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI


Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda shahar markazidagi "Textill Mill Tashkent" qoʻshma korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Ish haqi 2.5 million so‘mdan 7 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.

Quyidagi lavozimlarga ishga taklif qilamiz:

✔️Menejer
25–35 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talablar:
🔘hisob-kitobni yaxshi bilish;
🔘rus tilida ta’lim olgan bo‘lish.
Ish haqi: 5 000 000–6 000 000 so‘m.

✔️ Kompyuter va hisob-kitob bo‘yicha mutaxassis
🔘35 yoshgacha bo‘lgan, universitetni tamomlagan, kompyuter va hisob-kitobni yaxshi biladigan nomzodlar ishga taklif qilinadi.

✔️Dizayner
18–25 yoshdagi qizlar ishga taklif qilinadi.
Talab:
🔘kompyuterdan yaxshi foydalana olish.
Ish haqi: 2 500 000 so‘mdan boshlanadi.

✔️To‘quv bo‘limi
🔘18–35 yoshdagi qizlar va yigitlar ishga taklif qilinadi.
🔘Ish tartibi: 2 kun kunduzgi smena, 2 kun tungi smena, 2 kun dam olish.
Ish haqi: 2 500 000–5 000 000 so‘m.

✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — yelimlovchi
🔘25–35 yoshdagi yigitlar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 3 000 000 so‘mdan boshlanadi.

✔️ Krossovka ishlab chiqarish bo‘limi — tikuvchi
🔘Tikishni biladigan ayollar ishga taklif qilinadi.
Ish haqi: 2 700 000 so‘mdan boshlanadi.


☎️ 95 193 35 33
📌Lokatsiya

❗️Mazkur chora-tadbirlar Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar asosida Nurafshon shahrida ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Tadbirkorlar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim


🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✔️Shu maqsadda Nurafshon shahrida ham tadbirkorlar bilan muntazam ravishda, belgilangan reja asosida uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ochiq muloqotda tadbirkorlarning faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.


✔️Unda Respublika Markaziy banki departament direktori Sh. Rasulov, “Milliy bank” AJ Bosh ofisi bo‘limi boshlig‘i hamda “Milliy bank”ning viloyat boshqarmasi rahbari A. Akramov ishtirok etdi.


✔️Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

❗️Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlarini manzilli o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda Nurafshon shahrida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Kelajak liderlari” qayta tayyorlash dasturi tinglovchilarining Nurafshon shahriga amaliy tashrifi qanday o‘tdi?

🎥Batafsil — videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 110 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA:Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tizimli ravishda o‘tkazilmoqda.

Tafsilotlar “O‘zbekiston 1” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul


Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan ushbu qabulda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.


Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

❗️Fuqarolar murojaatlariga e’tibor, muammolarga amaliy yondashuv va natijadorlik — aholi bilan ishlashda asosiy mezon sifatida belgilanmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1