Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

“Yangi O‘zbekiston massivi”dagi qurilish ishlari tahlil qilindi


✅Nurafshon shahrining Yangiobod MFY hududidagi “Yangi O‘zbekiston massivi”da ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimi Q. Xamdamov raisligida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

✔️Unda loyihachi va pudrat tashkilotlar, tashabbuskor quruvchilar, shahar elektr, suv va gaz ta’minoti bo‘limlari rahbarlari hamda Kadastrlar palatasi shahar bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.


🔘Yig‘ilish davomida hududda barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish-montaj ishlari, shuningdek, elektr, suv, gaz va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

✔️Xususan, ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida barpo etilayotgan qozonxonadagi qurilish-montaj ishlarining belgilangan sur’atda olib borilmayotgani qayd etilib, pudrat tashkiloti rahbariga ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. Shahar hokimligining qurilish bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Haydarovga mazkur obyektlarda olib borilayotgan ishlarni doimiy nazoratga olish topshirildi.


❗️Yig‘ilish yakunida “Yangi O‘zbekiston massivi”dagi barcha qurilish va infratuzilma loyihalarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Mehnat yarmarkasi orqali yana bir yoshning bandligi taʼminlandi


Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.

Yarmarkada ishtirok etgan Turdiboyev Dilshodbek o‘ziga mos bo‘sh ish o‘rni bilan tanishib, Nurafshon maxsus texnika zavodiga ishga joylashdi. Bugungi kunda u mazkur korxonada mehnat faoliyatini davom ettirib, doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan.


✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Nurafshonda xotin-qizlar bandligi va ijtimoiy holati o‘rganildi


✅Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i K.T. Norqulova hamda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova ishtirokida Nurafshon shahrining “Obod”, “Oybek”, “Birlik” va “Mumiy” mahallalarida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

🔘O‘rganish davomida mahallalarda xotin-qizlar balansini shakllantirish, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash hamda har bir murojaat va ehtiyojdan kelib chiqib individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🔘Shuningdek, “qizil” va “sariq” toifalarga kiritilgan xotin-qizlarning xonadonbay holati o‘rganilib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbaini yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, muammolarni joyida hal etish va xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

❗️Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettiriladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🇺🇿 26 sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.

Shu munosabat bilan ushbu sharafli va mashaqqatli kasb egalarini bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz!

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
✅✅✅✅

Ijtimoiy reyestrdagi oilalar — e’tibor va manzilli ko‘mak markazida

Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan davlat ta’minotidagi oilalarning xonadonlariga borilib, ularning ijtimoiy holati va ehtiyojlari o‘rganilmoqda.

Qumariq, Navro‘z, Obod, To‘ytepa, Birlik, Oppoq, Taraqqiyot, Degantepa, Dehqonobod, Obod Turmush, Hurriyat mahallalarida olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida:

🔹 oilaga zarur ijtimoiy xizmatlarning ko‘rsatilishi va samaradorligi;
🔹 mehnatga layoqatli oila a’zolarini ishga joylashtirish imkoniyatlari va rasmiy daromad manbalari;
🔹 oila a’zolarining bandligi va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari;
🔹 ajratilgan kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy ko‘maklarning maqsadli sarflanganligi;
🔹 oilaning mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha individual choralar belgilanmoqda.

Asosiy maqsad — oilani faqat nafaqa yoki moddiy yordam bilan ta’minlash emas, balki uning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, mehnatga jalb etish hamda doimiy daromad manbasini shakllantirish.

Har bir xonadon — alohida yondashuv.
Har bir oila — aniq ehtiyoj.
Har bir ko‘mak — manzilli va natijaga yo‘naltirilgan.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

TUNGI XIZMAT — OSOYISHTALIK VA XAVFSIZLIK KAFOLATI


Aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Nurafshon shahrida tungi xizmatlar tashkil etilmoqda.

🔘Nurafshon shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev tomonidan tungi xizmat tashkil etilib, shahar hududidagi jamoat joylari, ko‘chalar, aholi gavjum hududlar va boshqa obyektlarda xavfsizlik holati nazoratga olindi.


Nurafshon shahrida jamoat tartibini saqlash, osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar muntazam davom ettiriladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
✅✅✅✅

Nurafshonlik sportchilardan Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medal


🇺🇿 Aichi-Nagoya – 2026 Osiyo o‘yinlari doirasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida Nurafshonlik sportchilar Artur Guliyev va Milana Dushev-Yanich munosib ishtirok etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shishdi.

🥈Medallarni tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Kanoe federatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ham ishtirok etdi.


Nurafshonlik sportchilarning xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati shahrimiz yoshlarining sportga bo‘lgan qiziqishi va salohiyati yuksalib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

❗️Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1