Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

Nurafshonda xotin-qizlar bandligi va ijtimoiy holati o‘rganildi


✅Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i K.T. Norqulova hamda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova ishtirokida Nurafshon shahrining “Obod”, “Oybek”, “Birlik” va “Mumiy” mahallalarida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

🔘O‘rganish davomida mahallalarda xotin-qizlar balansini shakllantirish, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarini aniqlash hamda har bir murojaat va ehtiyojdan kelib chiqib individual ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🔘Shuningdek, “qizil” va “sariq” toifalarga kiritilgan xotin-qizlarning xonadonbay holati o‘rganilib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbaini yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, muammolarni joyida hal etish va xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

❗️Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettiriladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🇺🇿 26 sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.

Shu munosabat bilan ushbu sharafli va mashaqqatli kasb egalarini bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz!

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
✅✅✅✅

Ijtimoiy reyestrdagi oilalar — e’tibor va manzilli ko‘mak markazida

Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan davlat ta’minotidagi oilalarning xonadonlariga borilib, ularning ijtimoiy holati va ehtiyojlari o‘rganilmoqda.

Qumariq, Navro‘z, Obod, To‘ytepa, Birlik, Oppoq, Taraqqiyot, Degantepa, Dehqonobod, Obod Turmush, Hurriyat mahallalarida olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida:

🔹 oilaga zarur ijtimoiy xizmatlarning ko‘rsatilishi va samaradorligi;
🔹 mehnatga layoqatli oila a’zolarini ishga joylashtirish imkoniyatlari va rasmiy daromad manbalari;
🔹 oila a’zolarining bandligi va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari;
🔹 ajratilgan kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy ko‘maklarning maqsadli sarflanganligi;
🔹 oilaning mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha individual choralar belgilanmoqda.

Asosiy maqsad — oilani faqat nafaqa yoki moddiy yordam bilan ta’minlash emas, balki uning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, mehnatga jalb etish hamda doimiy daromad manbasini shakllantirish.

Har bir xonadon — alohida yondashuv.
Har bir oila — aniq ehtiyoj.
Har bir ko‘mak — manzilli va natijaga yo‘naltirilgan.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

TUNGI XIZMAT — OSOYISHTALIK VA XAVFSIZLIK KAFOLATI


Aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Nurafshon shahrida tungi xizmatlar tashkil etilmoqda.

🔘Nurafshon shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev tomonidan tungi xizmat tashkil etilib, shahar hududidagi jamoat joylari, ko‘chalar, aholi gavjum hududlar va boshqa obyektlarda xavfsizlik holati nazoratga olindi.


Nurafshon shahrida jamoat tartibini saqlash, osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlar muntazam davom ettiriladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
✅✅✅✅

Nurafshonlik sportchilardan Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medal


🇺🇿 Aichi-Nagoya – 2026 Osiyo o‘yinlari doirasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida Nurafshonlik sportchilar Artur Guliyev va Milana Dushev-Yanich munosib ishtirok etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shishdi.

🥈Medallarni tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Kanoe federatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ham ishtirok etdi.


Nurafshonlik sportchilarning xalqaro maydondagi ushbu muvaffaqiyati shahrimiz yoshlarining sportga bo‘lgan qiziqishi va salohiyati yuksalib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

❗️Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Ish izlagan fuqaro doimiy ishga ega bo‘ldi


💠Muxtorov Shoxjahon anchadan buyon o‘ziga mos va ko‘ngliga ma’qul ish o‘rnini izlab kelayotgan edi. U “Nurafshon Maxsus Texnika” MChJdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, o‘ziga mos lavozimni tanladi va korxonaga ishga joylashdi.

✔️Bugungi kunda Shoxjahon mazkur korxonada mehnat faoliyatini davom ettirib, doimiy ish o‘rni va barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi.


❗️Bu kabi natijalar ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi amaliy ishlarning samarasidir.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.

​Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun aslida o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Lekin, ming afsuski, amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan.

​Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanadi.

Shu bilan birga, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.

—

Мне доложили о трагедии, произошедшей в Намангане. Узнав об этом, я испытала настоящий гнев.

За такие чудовищные преступления, на мой взгляд, действительно должна применяться смертная казнь. К сожалению, действующий закон её не предусматривает.

Все необходимые указания соответствующим органам даны. Преступник понесёт предельно жёсткое наказание. А также все те, кто допустил  это, проявил халатность и не уберёг ребёнка.

Вместе с тем, мы готовим предложения по внесению изменений в законодательство, чтобы максимально ужесточить ответственность за такие преступления.
👍6❤1