Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.6K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

NURAFSHON BIRINCHILIGI — BASKETBOL BO‘YICHA SPORT BELLASHUVI!

🏀1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun Nurafshon shahri 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida basketbol sport turi bo‘yicha Nurafshon birinchiligi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Nurafshon shahridagi bir qator maktab jamoalari ishtirok etib, o‘z maktabining sha’ni va g‘ururini munosib himoya qildilar. Har bir jamoa maydonda o‘zining mahorati, jamoaviyligi va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etdi.

🥇1-o‘rin — 1-sonli maktab
🥈2-o‘rin — 48-sonli maktab
🥉3-o‘rin — 57-sonli maktab


🏀Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👏1
#Эълон

Ҳурматли Нурафшон шаҳри аҳолиси!

Фуқароларнинг мурожаатларини ўрганиш, мавжуд муаммоларига қонуний ечим топиш ҳамда аҳоли билан очиқ мулоқотни таъминлаш мақсадида 2026 йил 4 октябрь куни соат 11:00 да Нурафшон шаҳар ИИБ бошлиғи А.Юлдашевнинг шахсий қабули бўлиб ўтади.

📍 Қабул манзили: «Деҳқонобод» маҳалласи.

Шаҳар аҳолисини шахсий қабулда иштирок этиб, ўзларини қизиқтирган масалалар, мурожаат ва таклифлар билан қатнашишга таклиф этамиз.

Нурафшон шаҳар ИИБ

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda jahon shaxmati maydonidagi tarixiy gʻalabamiz munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanalardagi ishtiroki tafsilotlari tahlil qilinadi.

Ko‘rsatuvni bugun, 3-oktabr soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling.

Ertaga, 4-oktabr soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook|Instagram|X
❤1
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

📺 OAV NIGOHIDA:
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati Nurafshon shahrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” tayyorlagan lavha orqali tanishing.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
👍1
#Xalq_qabulxonasi

Fuqarolar murojaatlari e’tiborda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan har hafta Xalq qabulxonasi binosida qabullar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi qabul shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Islomov tomonidan o‘tkazildi.
Qabul davomida 2 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi yuzasidan esa huquqiy ma’lumot berildi.


Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari

Qish mavsumida gaz bosimi tanqisligining oldini olish hamda aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida gaz tarmoqlarida ta’mirlash va texnik sozlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Navro‘z MFY, Shifokorlar ko‘chasida gaz quvurlarini ta’mirlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda.


Mazkur ishlar gaz tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga qaratilgan.

Ta’mirlash va texnik sozlash ishlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan tarqalgan tanqidiy material mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida mazkur holat 5 oy avval sodir bo‘lgani aniqlandi.

Holat yuzasidan mahalla raisiga nisbatan “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, tegishli tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan murojaat va tanqidiy materiallarda ko‘tarilgan masalalarga qonuniy tartibda baho berish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
#Rasman

Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


🌀Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ish_bor

Nurafshonda boshlanishiga 600 dollargacha bo‘lgan ish haqiga Xitoy texnoparki ishga taklif qiladi.

❗️Korxonaga 10 nafar xitoy tilida mukammal so‘zlasha oladigan tarjimon, 10 nafar o‘z ishining ustasi bo‘lgan malakali sotuvchi, 1 nafar ayol farrosh, 1 nafar erkak qo‘riqlash xizmati xodimi hamda 1 nafar hovli supuruvchi ishga qabul qilinadi.

Ish tartibi — 5 kunlik. Ish vaqti — 08:00 dan 17:00 gacha.

Siz ham ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, “DA SHUN” qurilish texnoparkida o‘z faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun: faqat 09:00 dan 17:00 gacha
+998 90 330 38 50 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.


Shoshiling, bo‘sh ish o‘rinlari sizni kutmoqda!

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook