Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.6K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
#hamkorlik

Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov va Polshaning Droxichin shahri meri Voysex Bojim boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Nurafshon va Droxichin shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Polsha delegatsiyasining Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida Nurafshon shahridagi mavjud imkoniyatlar, investitsiyaviy loyihalar va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
👍5
#Yarmarka

Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!

7-oktabr kuni soat 10:00 da Oppoq MFY dagi 10-maktabda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

Mehnat yarmarkasida Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan quyidagi tashkilot va korxonalar ishtirok etadi:

🔘Shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi;

🔘Shahar tibbiyot birlashmasi;

🔘«Angren Bunyod Fayz»;

🔘«Milliy bank»;

🔘«Mikrokreditbank»;

🔘BRB;

🔘SQB;

🔘«Maxsus Trans»;

🔘«Texnopark»;

🔘Toshkent viloyati Migratsiya agentligi;

🔘TMT;

🔘«Irodat Textil»;

🔘Shuningdek, boshqa sanoat korxonalari va tashkilotlar.

Yarmarkada 1 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etiladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤1
"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 14 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik

YANGI ISH — YANGI IMKONIYAT


Eshmatov Nuriddin uzoq vaqt davomida norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, rasmiy ish izlab kelgan.

U o‘z mahallasiga murojaat qilganidan so‘ng, mavjud bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha Nurafshon shahar "Birlik" MFY hududida joylashgan “CHAYA KAYAN” MChJning bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqarish sexiga ishga taklif etildi va bugungi kunda mehnat faoliyatini rasman boshladi.


❗️Siz ham ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘z mahallangizdagi mahalla yettiligiga murojaat qiling. Siz uchun mos bo‘sh ish o‘rinlari va bandlik imkoniyatlari bo‘yicha zarur ko‘mak ko‘rsatiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Xalqaro paxta kuni hamda Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar ishtirokchilariga tabrik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤1
#bunyodkorlik

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahar markazidagi Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, soha mutasaddilari ishtirokida hududdagi qurilish obyektlarining holati, kadastr va soliq masalalari, foydalanilmayotgan bino va inshootlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriq va ijro muddatlari belgilab berildi.

Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, hududda olib borilayotgan ishlarning natijadorligi shahar hokimi tomonidan doimiy nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1🔥1