Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
#Xalq_qabulxonasi

Fuqarolar murojaatlari e’tiborda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan har hafta Xalq qabulxonasi binosida qabullar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi qabul shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Islomov tomonidan o‘tkazildi.
Qabul davomida 2 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi yuzasidan esa huquqiy ma’lumot berildi.


Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari

Qish mavsumida gaz bosimi tanqisligining oldini olish hamda aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida gaz tarmoqlarida ta’mirlash va texnik sozlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Navro‘z MFY, Shifokorlar ko‘chasida gaz quvurlarini ta’mirlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda.


Mazkur ishlar gaz tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga qaratilgan.

Ta’mirlash va texnik sozlash ishlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan tarqalgan tanqidiy material mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida mazkur holat 5 oy avval sodir bo‘lgani aniqlandi.

Holat yuzasidan mahalla raisiga nisbatan “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, tegishli tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan murojaat va tanqidiy materiallarda ko‘tarilgan masalalarga qonuniy tartibda baho berish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
#Rasman

Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


🌀Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar tuman fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ish_bor

Nurafshonda boshlanishiga 600 dollargacha bo‘lgan ish haqiga Xitoy texnoparki ishga taklif qiladi.

❗️Korxonaga 10 nafar xitoy tilida mukammal so‘zlasha oladigan tarjimon, 10 nafar o‘z ishining ustasi bo‘lgan malakali sotuvchi, 1 nafar ayol farrosh, 1 nafar erkak qo‘riqlash xizmati xodimi hamda 1 nafar hovli supuruvchi ishga qabul qilinadi.

Ish tartibi — 5 kunlik. Ish vaqti — 08:00 dan 17:00 gacha.

Siz ham ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, “DA SHUN” qurilish texnoparkida o‘z faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun: faqat 09:00 dan 17:00 gacha
+998 90 330 38 50 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.


Shoshiling, bo‘sh ish o‘rinlari sizni kutmoqda!

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
#hamkorlik

Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov va Polshaning Droxichin shahri meri Voysex Bojim boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Nurafshon va Droxichin shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Polsha delegatsiyasining Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida Nurafshon shahridagi mavjud imkoniyatlar, investitsiyaviy loyihalar va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
👍5