Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
#rasman

Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali

🔸Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.


Mazkur muntazam ravishda tashkil etiladigan shaxsiy qabullar hudud fuqarolarida yuzaga kelayotgan turli muammolarni joyida o‘rganish, ularni qisqa muddatlarda samarali hal etish va ijrosini ta’minlashda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
#jarayon

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shaharda faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida shaharda ko‘p qavatli turar joy binolari hamda boshqa turdagi qurilish obyektlarini barpo etayotgan tashkilotlar vakillarining murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.

Xususan, ayrim qurilish obyektlarida ishlarning to‘xtab qolishiga sabab bo‘layotgan omillar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shahar hokimi Nurafshon qiyofasini zamonaviy va obod shaharga aylantirish, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik salohiyatini namoyon etishda qurilish tashkilotlari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shuningdek, har bir qurilish loyihasida, eng avvalo, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, zamonaviy shaharsozlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda qurilish ishlarining sifatli tashkil etilishi zarurligi qayd etildi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤2
​#modernizatsiya

"​Yangi O‘zbekiston" massivlarni tashqi tabiiy gaz tarmog‘iga ulash ishlari olib borilmoqda

​Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarni diametri Ø219 mm li yerusti o‘rta bosimli tabiiy gaz bilan taʼminlash bo‘yicha tashqi gaz tarmoqlarini qurish va montaj qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

​📍 Rejadagi tashqi gaz tarmog‘i: 3 500 km.

​Hududda istiqomat qiluvchi aholini barqaror va xavfsiz tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida belgilangan qurilish-montaj ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

—

Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.

Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.

Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.

Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Nurafshon shahridagi Taraqqiyot mahallasi bugun yangicha qiyofa kasb etmoqda. Hududda aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur masala shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan nazoratga olinib, boshlangan ishlar jadallashtirilmoqda.

Xususan, qazish ishlari natijasida buzilgan yo‘llar ta’mirlanib, chuqurlar yopilmoqda, piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning fasadlari va kirish qismlari ta’mirlanmoqda.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hudud obodonligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga qaratilgan.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
👍2🔥1