Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
48.9K photos
4.8K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj

Nurafshon osmoni uzra chaqnagan dronlar shousida — Istiqlol tarannumi!

Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi o‘zining eng yorqin va ta’sirchan lahzalari bilan davom etmoqda.

Milliy san’atimiz va istiqlol tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan rang-barang konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Tantanada dronlar shousi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Yashasin mustaqil O‘zbekiston!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#mustaqillik
#35yil
#onlayn_reportaj

Nurafshondagi istiqlol tantanasi san’atning turfa ranglari, milliy an’analar va zamonaviy sahna chiqishlari uyg‘unligida o'tdi.

Dutor va doira sadolari, maqom navolari, estrada xonandalarining chiqishlari, she’r va raqslar, sportchilarning mahorat namoyishlari hamda harbiylar ishtirokidagi maxsus kompozitsiyalar bayram dasturiga alohida fayz bag‘ishladi.

Sportchilarning kuch, chaqqonlik va mahoratni namoyon etgan chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otib, bayram shukuhini yanada oshirdi.

Maydonda bayram shukuhidan masrur hamyurtlarimizning shodon kayfiyati, sho‘x raqslar zavqi hukm surdi.

Bugun barchani birlashtirgan tuyg‘u bitta bo‘ldi — Vatanga muhabbat va istiqlol iftixori!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#mustaqillik
#35yil

Bayram shukuhi: Nurafshon osmonida bayramona mushaklar

Nurafshon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi o‘zining eng yorqin va ta’sirchan lahzalari bilan yakunlandi.

Vatan madhi, milliy san’atimiz va istiqlol tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan rang-barang konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tantanada dronlar shousi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Musaffo osmonimizni bezagan mushakbozlik bayramga o‘ziga xos fayz va unutilmas zavq bag‘ishladi.

Osmondagi rang-barang shu’lalar go‘yo xalqimizning ezgu orzu-niyatlari, ertangi kunga ishonchi va yurt kelajagiga bo‘lgan umidlarining yorqin timsoliga aylandi.

Yashasin mustaqil O‘zbekiston!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM