Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
44K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#AholiE’tiborida

Aholi muammolari e’tibor markazida: Nurafshon shahridagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasidagi suv muammosi hal etildi

Nurafshon shahri Xalq banki binosining yerto‘lasida suv to‘planishi bilan bog‘liq muammo aholida jiddiy tashvish uyg‘otgan edi. Ushbu holat nafaqat binoga, balki atrof-muhitga ham zarar yetkazish xavfini keltirib chiqargan.

Fuqarolarning murojaatlari inobatga olinib, shahar hokimligi va shahar prokuraturasi xodimlari E.Abdualiyev va I. Sa’dullayevlar tomonidan masala to‘liq o‘rganilib, tezkor choralar ko‘rildi. Natijada yerto‘lada to‘plangan suv tozalandi, kelgusida suv qayta to‘planmasligi uchun zarur texnik tadbirlar amalga oshirildi.

Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim infratuzilma qismi hisoblanadi. U yerda namlik va sanitariya holati o‘z vaqtida nazorat qilinmasa, noqulaylik bilan birga sanitariya-epidemiologik xavf ham yuzaga kelishi mumkin.

Shu bois, bunday muammolarga mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida e’tibor qaratilmoqda.
Prokuratura organlari aholining har bir murojaatiga e’tibor bilan yondashib, muammolarni huquqiy asosda hal etishda davom etmoqda.


https://t.me/Nurafshonpressa
2