#AllaTanlovi
🎶Alla – bu ona mehri, millat ruhi va ezgulik sadosidir.
Asrlar osha yangrab kelayotgan alla ohanglarida xalqimizning orzu-umidlari, farzandga bo‘lgan mehr-muhabbati va ezgu tilaklari mujassam.
📍 12-fevral kuni Nurafshon shahri Taraqqiyot mahallasidagi 57-maktab majlislar zalida “Ilm–ma’rifatli ayol-qizlar” kunlari oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🤝 Tadbir Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshchiligida, shahar xotin-qizlar bo‘limi hamda “Oqila ayollar” harakati faollari ishtirokida o‘tkazildi.
🎶 Ko‘p millatli ayol-qizlar ishtirokida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi “Alla” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, ularning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌸 Ma’naviy tadbir shahar “Oqila ayollari”, targ‘ibot guruhi hamda mahalla faollari tomonidan yuqori saviyada tayyorlandi.
Mazkur tadbir ayol-qizlarning ilm-ma’rifatga intilishi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yanada rag‘batlantirishga xizmat qildi.
✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati

🇺🇿 Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Ayol baxtli bo‘lsa – oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa – jamiyat mustahkam bo‘ladi.”