Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#bir_bayroq_ostida
#estafeta
#Toshkent_viloyati
#Angren

🇺🇿RAMZIY BAYROQ TOSHKENT VILOYATIDA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sharafiga yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq estafetasi davom etmoqda.

Bugun Namangan viloyatidan Toshkent viloyatiga o‘tgan ramziy estafeta
Angren shahrida tantanavor tarzda qabul qilib olindi. Yurtdoshlarimizning davlat ramzlariga boʻlgan ehtiromi va sadoqati yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Toshkent viloyati faollari, Ma’naviyat targ‘ibotchilari, nuroniylar, harbiylar, sportchi yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirokida ramziy bayroqni Namangan viloyatidan qabul qilib olish marosimi yuqori ko‘tarinkilikda o‘tdi.

Ramziy bayroqni Taekwondo WT bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni Asambayeva Rayhona qabul qilib oldi.

📍Endilikda ushbu bayroq viloyatimiz tuman va shaharlarida tantanavor tarzda olib o‘tiladi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM