Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Birinchi_qo‘ng‘iroq

🔔Yurtimizdagi maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi

Yoz bo‘yi maroqli hordiq chiqargan bolajonlar uchun yana hayajonli, quvonchli va mas’uliyatli damlar boshlandi. Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jaranglab, umumta’lim maktablari yigit-qizlarni yana o‘z bag‘riga chorladi.

Bu damlar, ayniqsa, maktab atalmish muqaddas dargohga ilk bor qadam qo‘ygan kichkintoylar uchun yanada hayajonli, orziqib kutilgan va unutilmasdir.
Ilk qo‘ng‘iroq sadosi ko‘zlari charaqlab turgan birinchi sinf o‘quvchilari qalbida bong uradi. Endi ular aka-opalariga o‘xshashga, ulardek «a’lo» o‘qishga intiladi...

Nurafshon shahridagi 13-umumta’lim maktabida ham 🔔«Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri ana shunday ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayramona bezatilgan ta’lim dargohi o‘quvchilarga yana o‘z eshiklarini ochdi.

Tadbirga shahar hokimi I.Klichxanov tashrif buyurib, bolajonlarning quvonchlariga sherik bo‘ldi.

⚡️Yangi o‘quv yili — yangi qadamlar barchamizga muborak bo‘lsin!

@Nurafshonpressa