#Biznes_tur
Nurafshonda biznes-tur tashkil etildi
Toshkent viloyati tuman va shaharlarini Toshkent shahri tumanlari bilan hamkorlikda rivojlantirish, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi imkoniyatlarni mustahkamlash maqsadida Nurafshon shahrida biznes-tur tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimligi hamda tumandagi ishbilarmon doira vakillari ishtirok etib, Nurafshon shahrida yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Dastlab, mehmonlar “Nurafshon Business City” hududida shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida kutib olindi. Uchrashuv davomida hokim Nurafshonda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar, zahiralar hamda shahar infratuzilmasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng ishbilarmonlar shaharda faoliyat boshlagan xitoylik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Dashun Group” korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi. Korxona hududida tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish sexlari, shou-rum xonalari hamda turli yo‘nalishdagi maydonlarni ijaraga berish imkoniyatlari yaratilgani ta’kidlandi.
Biznes-tur doirasidagi uchrashuv va muloqotlar tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

❤6👍6👏2