Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Davlat_xizmatchisi

Davlat xizmatchisi – burch, sadoqat va mas’uliyat timsoli

Joriy yilning 31-oktabr kuni Nurafshon shahri hokimligi majlislar zalida apparat xodimlari, bo‘lim boshliqlari, shahar korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari uchun “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar hafta davomida yurtimizda va xorijda yuz bergan muhim voqea va hodisalar, ular bilan bog‘liq tahliliy ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, monitor orqali turli ijtimoiy videolavhalar va infografikalar namoyish etildi. Ularda ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan jonli muhokamalar bo‘lib o‘tdi, bu esa hech bir ishtirokchini befarq qoldirmadi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilish – har bir davlat xizmatchisining sharafli burchidir. Sadoqat, mas’uliyat va vatanparvarlik hislari davlat xizmatining asosiy mezonlari sifatida qayd etildi.

Shu kabi siyosiy-ma’rifiy soatlar davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini hamda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
2