Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.8K photos
4.04K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Fakt

IKKINCHI JAHON URUSHIDA TOSHKENT VILOYATIDAN QARIYB 122 MING KISHI QATNASHGAN

1941-1945-yillarda Toshkent viloyatidan jami 121 969 nafar kishi frontga ketgan. Ularning 22 617 nafari janglarda halok boʻlgan. 19 367 nafari bedarak yoʻqolgan.

1942-yilning kuzida Toshkent viloyati aholisi frontga 52 vagon oziq-ovqat mahsulotlarini joʻnatgan.

Birgina Oqqoʻrgʻon va Yangiyoʻl tumanidan aholining oʻz shaxsiy jamgʻarmalari hisobidan 220 milllion soʻmdan oshiq pul mablagʻi frontdagi gʻalabani taʼminlash uchun tashkil etilgan maxsus jamgʻarma hisobiga oʻtkazib berilgan.

Urush oʻchoqlaridan mazkur hududga yuborilgan 3500 nafar boshpanasiz kishi va 1700 nafar yosh goʻdak viloyatimizdagi oʻzbek xonadonlarida qoʻnim topgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram
📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fakt

15-may – Xalqaro oila kuni

Ayni paytda viloyatimizda birgalikda 50 yil va undan koʻp ahil-inoq yashab kelayotgan 933 ta oila bor.

60 yil va undan koʻp vaqt bir oila boʻlib yashab kelayotgan oilalar 42 ta.

Oila qurganiga 70 yil toʻlgan 2 ta xonadon bor.

Suratda: 60 yildan buyon birgalikda tinch-totuv umrguzaronlik qilib kelayotgan Qibray tumani, “Yangi hayot” MFYda yashovchi Saydakbar ota va Raʼno aya Kamolovlar farzandlari, nevara, chevara, evara, duvoralari bilan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fakt

15-OKTYABR - XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

◀️ Bugungi kunda Toshkent viloyatidagi 1 488 903 nafar xotin-qizlarning 1 122 478 nafari (75,3 foiz) qishloq joylarda yashab kelmoqda.

◀️ Viloyatda 6553 nafar fermer rahbarlar mavjud bo‘lsa, shundan 139 nafari (2,1 foiz) ni ayol fermerlar tashkil etadi.

◀️ O‘tgan qisqa davr ichida qishloq joylardagi 44 000 nafar ishsiz xotin-qizlarning 13 000 nafari doimiy ishga qabul qilindi, 25 000 nafari kasb-hunarga o‘qitilib, o‘zini-o‘zi band qilishiga erishildi.

◀️ Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun birgina 2023 yilning 9 oyi davomida 12 857 nafar ayollarga 270 mln 335 ming so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM