Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
#Haj_2024

TOSHKENT VILOYATI ZIYORATCHILARI HAJGA YOʻL OLISHDI

Bugun Toshkent viloyatidan hajga boruvchi ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.

Kuzatishga chiqqan viloyat masʼullari hajga ketishayotgan yurtdoshlarimizni kuzatib duolar qildilar. Ziyoratchilar dastlab Madina munavvarada, soʻngra, Makkai mukarramada boʻlishib, haj arkonlarini toʻliq va mukammal etishadi.

Bu yil Toshkent viloyatidan jami 1000 dan ziyod kishi haj ibodatlarini ado etadi.

Bilamizki, haj kvotasi 5 200 tani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu raqam 7 200 tani, 2022-yilda esa 12 ming taga yetdi. Joriy yilda Oʻzbekiston fuqarolari uchun umumiy kvota 15 ming ta etib belgilandi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter