Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.6K photos
3.44K videos
49 files
11K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchilari_faoliyatidan

IBRAT BO‘LSANG, ISHING YURISHADI


Nurafshon shahri Bobur mahallasida hokim yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Husniddin Tillaxo‘jayev yoshlarni ilm bilan dehqonchilik qilishga undamoqda. U o‘z tajribasini boshqalarga namuna qilib, tomorqasi va issiqxonalari bilan tanishtiradi, mahsulot yetishtirishning xarajati va daromadigacha birma-bir tushuntiradi.

Natijada 5 ta xonadon 33 mln so‘mlik imtiyozli kredit asosida issiqxona qurib, barakali daromad topmoqda. 33 yillik tajribaga ega Husniddin aka hozirda o'z xonadonidagi 5 ta issiqxonasida pomidor yetishtirib, bozorlarga 20 tonnadan ortiq mahsulot yetkazib bermoqda.

Batafsil ma'lumotni “Mash’al” gazetasining 2025-yil 23-may sonidan o‘qishingiz mumkin.

#tomorqachilik #nurafshonda

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt