Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
🌏Sanepidqo'mita Toshkent viloyati boshqarmasi
#Mavsum


⚡️ Qo'ziqorindan zaharlanish hayot uchun xavfli

🔻Kunlar isib, ko'p yomg'ir yog'ishi oqibatida dalalarda, yaylovlarda, tog' bag'irlari va ariq bo'ylarida, keng yo'llar yoqalarida zamburug'larning o'sib rivojlanishi kuzatiladi.

🔶Zamburug'larning tabiatda 100 mingdan ortiq turi ma'lum bo'lib, ular hayvonot va o'simliklar dunyosining oralig'ida bo'lgan alohida guruh hisoblanadi.

❗️ Diyorimizda bahor va kuz oylarida qo'ziqorinlar ko'payib, ularni iste'mol qilish, shuningdek ko'cha-ko'ylarda, katta avtomagistral ko'chalarida noma'lum shaxslar tomonidan qo'ziqorinlarni sotish holatlari kuzatiladi.

Bozorlar va savdo do'konlaridan qo'ziqorin xarid qilmoqchi bo'lsangiz, sanitariya-epidemiologik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari hamda veterinariya-sanitariya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan beriladigan ma'lumotnomani talab qilish kerak bo'ladi.

🌐Sanepidqo'mita Toshkent viloyati boshqarmasi

🔊Axborot xizmati
Batafsil 👇
https://t.me/toshvilsanep