Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.06K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Mehr_kuni

Do'st boshingga ish tushganida sinaladi!

🤝Mehr-muruvvat va o'zaro hamjixatlik xalqimizga xos azaliy insoniy fazilatlardandir.
🔆"Do'st boshingga ish tushganida sinaladi", deydi el. Taqdir yo'llarida turli sabablar bilan imkoniyati cheklanib, sinovlarda toblanayotgan hamshaharlarimiz ham borki, mahalla-ko'y kunda-kunora bu insonlarni yo'qlashni kanda qilmaydi.
💐Bu kabi hayirli ishlar 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kunida diydorga yana bir sabab bo'ladi.
Ayni kunda Nurafshon shahar hokimi boshchiligidagi faollar, jumladan sektor rahbarlari shaharda istiqomat qilayotgan nogironligi bo'lgan hamshaharlar holidan xabar olib, ularning duosini oldilar.
🛍🎁Bugun Nurafshon shahrining 100 ga yaqin xonadonlariga mehmonlar bilan birga o'zgacha fayz, mehr va iliqlik kirib bordi desak, xato bo'lmaydi.
🤲Diydorlashuv jarayonlarida yig'ilganlar yurtga tinchlik, to'kin-sochinlik tilab, shukronalik keltiridilar.

@Nurafshon_yoshlari