Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#kitob_taqdimoti
#Millat_fidoyilari

📚 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahri bo‘linmasi tashabbusi bilan shahar Nuroniylar va Maʼnaviyat maskanida, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida Millat fidoyilarikitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda kitob-albomdan parchalar o‘qildi, unda jamlangan ruhiy-maʼnaviy xulosalar haqida fikrlar bildirildi. Ushbu asar – oddiy xotira emas, balki yoshlar qalbida vatanparvarlik, sadoqat va matonat tuyg‘ularini mustahkamlaydigan ibratli manbadir.

🇺🇿 Kitob sahifalaridagi har bir satr, har bir surat – yurt tinchligi uchun jonini fido qilgan mard o‘g‘lonlarimizning jasoratidan dalolatdir.


https://t.me/Nurafshonpressa
1