Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.6K photos
3.44K videos
49 files
11K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahrimizda "Dolzarb 15 kunlik" amaliy tadbiri doirasida markaziy ko‘chalar bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent yo‘li va Bobur ko‘chasi bo‘ylab lanshaft dizayn asosida turli xil manzarali gula ko‘chatlari ekilmoqda. Ushbu ishlar nafaqat shahar ko‘rkini ochmoqda, balki aholi kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yo‘l chetidagi eski yashil maydonlar yangilanmoqda
Shahar markazidagi ariq va yo‘l bo‘ylarida begona o‘tlar tozalanmoqda
Qorong‘i kechalar uchun qo‘shimcha yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda

Obodonlashtirish ishlari mahalliy aholi, maktab o‘quvchilari, mahalla faollari va ekologiya sohasi mutaxassislari ishtirokida jamoaviy tarzda amalga oshirilmoqda.

#NurafshonYashnabBormoqda #ObodShahar
#Dolzarb15Kunlik #YashilMakondaYashaylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt