Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.1K photos
3.18K videos
44 files
9.92K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Кореялик Ли Джи Ин Тошкент давлат шарқшунослик университети докторантурасида таҳсил олган. Ҳозирда у Ханкук чет тиллар университетининг Марказий Осиё кафедрасида ўзбек тилидан сабоқ бериб келмоқда.

Яқинда Ли Джи Ин янги “Ўзбек тили” дарслигини яратди. Эндиликда Корея Ҳукумати кўмагида Кореяда тан олинадиган ўзбек тилидан босқичма-босқич имтиҳон ўтказиш тизимини ишлаб чиқишни режалаштирган. @Nurafshonpressa
#ona_tilim_faxrim

Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, Rahmonim.

Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lguncha ayilma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim, shonim.

Millatning ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.

Abdulla Avloniy

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.me/Nurafshonpressa
#Ona_tilim_faxrim

QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!

Til millat ko‘zgusi, davlatimiz timsoli, uni asrash, xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda asosiy omildir.

🔰 Nurafshon shahar hokimligi tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan #Ona_tilim_faxrim heshtegi ostida  chellenj davom etmoqda.

Ushbu chellenjda siz ham faol ishtirok eting!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.me/Nurafshonpressa