Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48K photos
4.67K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#SayyorTibbiyKo‘rik

Dehqonobod mahallasida sayyor tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi

Aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida Nurafshon shahri ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari tomonidan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida sayyor tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

Ko‘rik jarayonida fuqarolar tor soha mutaxassislari, terapevt shifokorlar ko‘rigidan o‘tadi, shuningdek, EKG, UZD, laborator tahlillar kabi xizmatlar bepul taqdim etiladi.

Sayyor ko‘rik aholining salomatligini yanada yaxshilashga, profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍2👏1