Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#sport_tadbiri

Tibbiyot xodimlari “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” bosishdi

Ommaviy yurish  marafoni va sog‘lomlashtirish mashqlarini bajargan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari erta tongdan sog‘lom turmushni da’vo qilishib, sport mashg‘ulotlariga bel bog‘lashdi.

Shahar sport bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir ertalabki badantarbiya mashqlari bilan qizg‘in olib boriidi.

@Nurafshonpressa
#Sport_tadbiri

Jurnalist va blogerlar o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkaziladi

Toshkent viloyatida jurnalist va blogerlar, vayner, youtuber, tik-tokerlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Toshkent viloyati hokimligi hamda Sport vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan musobaqa tashkiliy qo‘mitasining dastlabki yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilarni saralash hamda musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish masalalari yuzasidan takliflar tinglandi.

Mazkur musobaqa 27 mart kuni Nurafshon shahridagi markaziy o‘yingohda o‘tkaziladi. Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Bog‘lanish uchun: +998 90 903 39 94.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte