Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.68K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#TinchlikKafolati

Mahallalarda
xavfsiz muhit — barqaror tinchlik kafolati!

Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi tinchligini ta’minlashga qaratilgan yaxlit, manzilli ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ-2-sonli qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔎 Shu munosabat bilan Nurafshon shahri prokurori T. Karimov tomonidan profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida kriminogen vaziyati og‘ir hisoblangan hududlarda qaror ijrosi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

📌 Yig‘ilishda:
huquqbuzarliklarning oldini olishda manzilli va tizimli yondashuv,
mahallalarda jamoat xavfsizligini kuchaytirish,
profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish,
aholi bilan muloqotni yanada faollashtirish
kabi muhim vazifalar belgilab olindi.


📝 Shuningdek, shahar prokurori tomonidan profilaktika inspektorlariga har bir hudud kesimida aniq reja asosida ishlash, muammoli nuqtalarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


🤝 Maqsad — har bir mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar uchun xavfsiz va barqaror muhit yaratish!


https://t.me/Nurafshonpressa
1👏1