Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#TinchlikVaBarqarorlik

📌 Nurafshon shahri prokurori Dehqonobod mahallasida o‘rganish olib bordi

Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi tinchligini ta’minlashga qaratilgan 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ-2-sonli qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahri prokurori T. Karimov o‘ziga biriktirilgan Dehqonobod mahallasida bo‘ldi.


Tashrif davomida prokuror mahalla “yettilligi” va mas’ullar bilan uchrashib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildi. 🤝

Shuningdek, mahalla hududi ko‘zdan kechirilib, aholini tashvishga solayotgan muammo va kamchiliklar o‘rganildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 📝

Bunday manzilli o‘rganishlar aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda tinch va osoyishta muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
1