#TransportYangilanishi
🚍 Nurafshon – Toshkent: zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda
Shaharlar o‘rtasidagi qatnovni qulay, xavfsiz va zamonaviy darajaga ko‘tarish maqsadida Nurafshon–Toshkent yo‘nalishida yangi avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 🌆➡️🌆
✅ 2025-yil 16-noyabr kuni Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov va Toshkent shahri transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikramov ushbu yo‘nalishda zamonaviy avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.
✅Tashrif davomida mas’ullar avtobusda yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib, yangi avtobus bekatlari va to‘xtash joylari infratuzilmasi bilan tanishdilar. Shuningdek, tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
✅ Endilikda aholi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun ham qulay va zamonaviy transport xizmatlari taqdim etiladi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

“Yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishdan asosiy maqsad — aholiga zamonaviy va xavfsiz jamoat transporti xizmatini taqdim etishdan iborat”, - deya ta'kidladi shahar hokimi I.Klichxanov.

👍14🔥8❤2👏2