#UstozgaHurmat
Aziz ustoz va murabbiylar!
Nurafshon shahrining buguni va ertasi sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehr-muhabbatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir. Farzandlarimizni ezgu orzu-intilishlarga yetaklab, bilim va ma’rifat yo‘lida yuksaltirayotgan har bir ustoz biz uchun bebaho boylikdir.
Sizlarning har bir sabog’ingiz yoshlar qalbida ezgulik urug‘ini sepadi, Vatanga mehr, mehnatga hurmat, ilmga intilish tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shu bois ustozlik faqat kasb emas, balki jamiyatimizning eng ulug‘ va e’zozli maqomidir.
Sizlarga bo‘lgan hurmat va e’tirofimiz cheksiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli ustozlar!
Hurmat bilan,
Nurafshon shahri hokimi
I.Klichxanov
https://t.me/Nurafshonpressa

Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizda fayz-u baraka, sharafli mehnatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
Nurafshon shahri hokimi
I.Klichxanov
https://t.me/Nurafshonpressa
🔥8👍5❤2👏1
#UstozgaHurmat
🎉 Hurmatli ustozlar, qadrli murabbiylar!
Sizlarni bugungi qutlug‘ sana 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ustozlik – eng ulug‘ va sharafli kasb. Ustozlarimizning sabr-toqati, mehr-muhabbati va fidokorona mehnatisiz hech bir jamiyat yuksala olmaydi.
Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va ertangi kunimizning porloqligi – ko‘p jihatdan sizlarning fidokorona mehnatingizga bog‘liq. Shogirdlaringizning yutuqlari va muvaffaqiyatlari – mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingizning eng katta mukofotidir.
🌸 Aziz ustozlar! Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizda fayz-u baraka, farzandlaringiz va shogirdlaringizdan doimo quvonch ko‘rishni tilayman. Mehnatlaringiz e’zozda, maqomingiz hamisha yuksak bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
✍️ Hurmat bilan,
Safarova Dilobar Axmadalinevna
Nurafshon shahri deputati

👍6❤2