Nurafshon shahar hokimligi
1.89K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
#milliylik_maʼnaviyat_timsoli
#Xon_atlas_chellenj

Xon atlas - milliy qadriyatlarimizga hamohang, ayollarimiz maʼnaviyatining oʻziga xos namoyishidir.

Xon atlas chellenjini oʻtkazishdan maqsad, milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etishdan iboratligini goʻzal opa-singillarimizga yetkazish.

Xon atlas kuni munosabati bilan Nurafshon shahar “Oybek” MFY faol ayollarimiz tomonidan tadbir tashkil etildi. Buvijonlarimiz qizlarimizga milliyligimizni aks ettiruvchi qadriyatlarimizni, atlas, adraslarimiz tarixi to‘g‘risida aytib o‘tdilar. Shuningdek, o‘sma qo‘yish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

⚡️Biz xon atlas kiydik. Sizchi?
Siz ham "xon atlas" festivalida faol ishtirok eting!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

https://t.me/Nurafshonpressa