Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.26K videos
61 files
13K links
Download Telegram
#Olympic_day
#Vatan_qalqoni
#Yoshlar_kuni
#Yangi_nafas
#Marafon

🏃‍♂️🏃‍♀️ Nurafshon shahrida “Olympic day”, “Vatan qalqoni” hamda “Yoshlar kuni”ga bagʻishlangan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari bo'lib o'tdi.

Yugurish marafonida sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilot boshliqlari, tuman va shahar hokimlari hamda viloyat hududlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan jami 5 mingdan ziyod koʻngilli ishtirokchilar qatnashdi.

Marafon yakunida "Faol sport targʻibotchisi", "Eng intizomli jamoa", "Eng ahil jamoa", "Marafon gʻunchasi", "Barchaga oʻrnak" kabi nominatsiyalar boʻyicha g'olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#yoshlar_kuni

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi — amaliy yechimlar muhokamasiga qaratilgan muloqot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha tuman va shahar hokimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank-moliya muassasalari mas’ullari hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuvda viloyat hokimi bitiruvchi yoshlarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.

Shu bilan birga, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bilim va salohiyatidan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Ayni vaqtda Milliy universitetda Toshkent viloyatidan 1 289 nafar bitiruvchi tahsil olmoqda. Shundan 1 200 nafari bakalavriat, 89 nafari magistratura bosqichida.

Toshkent davlat texnika universitetida esa, 1 195 nafar bitiruvchi viloyatimiz talabalari sanaladi. Shundan, 1 071 nafari bakalavr, 124 nafari magistratura mutaxassisligida ta’lim olmoqda.


Uchrashuv davomida talabalar bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Mas’ullar tomonidan har bir murojaatga aniq va amaliy javoblar berildi. Ayrim bitiruvchilar esa shu joyning o‘zida tegishli rahbarlarga biriktirilib, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5 mart kuni ham Milliy universitetda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda davlat muassasalari va yirik korxonalar ishtirokida “Mehnat yarmarka”lari tashkil etilgan edi.

Buning natijasida 149 nafar bitiruvchining rasmiy bandligi ta’minlangan. Shuningdek, bugungi kunga qadar tuman va shahar hokimlari tomonidan talabalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, 118 nafar bitiruvchining oliy ta’lim muassasasini tamomlashi bilan ishga joylashishi kafolatlangan.

Uchrashuv yakunida o‘z soha mutaxassisligi bo‘yicha viloyat tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimlari tomonidan ishga qabul qilish yuzasidan kafolatlangan sertifikatlar o‘z egalariga topshirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi hamda Milliy universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Memorandum imzolandi.

Mazkur uchrashuvlar nafaqat muloqot, balki aniq natijalarga yo‘naltirilgan amaliy qadamlar maydoniga aylandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM