Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#aholi_murojaati

Birlik mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi


2025-yilning 3-oktabr kuni Nurafshon shahri Birlik mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahri hokimligi tomonidan an’anaviy ravishda har juma kuni o‘tkazib kelinayotgan ushbu sayyor qabulda mahalla aholisining turli muammo va takliflari diqqat bilan eshitildi.

Mas’ul shaxslar har bir murojaatni chuqur o‘rganib, tegishli qonunchilik asosida aniq tushuntirishlar hamda huquqiy maslahatlar berdi. Vaqt talab qiluvchi va murakkab masalalar bo‘yicha murojaatlar esa tegishli mutasaddi idoralarga yo‘naltirildi. Mazkur murojaatlarning to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi qat’iy nazoratga olingani ma’lum qilindi.

Ushbu sayyor qabul aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini bartaraf etishda tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1