Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
#bilarmidingiz

Moviy tog‘lar – nega shunday ataladi?

Ohangaron tumanining bu olis hududi Qurama tog‘ tizmasi etaklariga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi purviqor tog‘lar tong saharda va shom payti ko‘kimtir tusga kiradi. Bu — havodagi namlik, tuman va quyosh nurlarining tosh-qoyalarga tushishi bilan bog‘liq tabiiy optik holat.

Shu sabab mahalliy aholi bu hududni azaldan “Moviy tog‘lar” deb atab kelgan. Bu yerda tog‘ o‘tlari, bodom, archa, yovvoyi mevali daraxtlar ko‘p uchraydi. Havosi toza va salqin — ayniqsa yozning jazirama kunlari ushbu maskan nihoyatda bahavo joylarga aylanadi.
Qishda esa, ko‘rib turganingizdek, tabiati go‘zal va xushmanzara.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Ohangaron tumanidagi “Ovjazsoy” qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilgan. Bugungi kunda bu moʻjazgina qishloqda 300 dan ziyod xo‘jalik va ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Qishloqning yuqori qismi ekoturizm uchun juda qulay.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM