Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
44K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#chempionat

Nurafshonda shaxmat bo‘yicha saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahrida 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha tumanlararo saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi yosh shaxmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni viloyat chempionatiga tayyorlashdan iboratdir.

Saralash bahslarida viloyatimizning tuman va shaharlaridan kelgan o‘nlab yosh shaxmatchilar o‘zaro aql va mahorat sinovida kuch sinashishdi. Ular o‘yinda strategik fikrlash, e’tibor va sabr-toqat kabi fazilatlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar keyingi bosqich — viloyat chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1