Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#sayohat
#davlat_tili_33_yilligi

Adiblar xiyoboni - maʼnaviyat manzili

⚡️Nurafshon shahar hokimining maslahatchisi M.Shoismanova, Xalq ta'limi bo'limi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi hamkorligida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil toʻlganligi munosabati bilan maktablardagi adabiyotga qiziquvchan iqtidorli yoshlarni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga sayohat uyushtirildi.

🔸Bugunki kunda adabiyotga, maʼnaviyatga berilayotgan eʼtibor tufayli adiblar xiyoboni chin maʼnoda maʼnaviyat maskaniga aylanmoqda. Ulugʻ allomalarni, shoirlarni eslash, yod etish tariximizga boʻlgan yuksak ehtiromni bildiradi. Yoshlar bunday sayohatdan zavq va quvonchga toʻlishdi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa
👍4
#reklama
#davlat_tili
#nazorat_tadbiri

❗️HURMATLI SHAHRIMIZ TADBIRKORLARI VA REKLAMA TARQATUVCHILAR!

🔻 Nurafshon shahri bo‘ylab tashqi yozuvlar — peshlavhalar, reklama bannerlari, e’lon va boshqa axborot matnlarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligini o‘rganishga qaratilgan “DOLZARB O‘N KUNLIK” nazorat tadbirlari boshlandi.

🔸Ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida barcha tashqi reklama vositalarining Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga mosligi ko‘rib chiqiladi.

❗️Nurafshon shahri hokimligi tadbirkorlardan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan, davlat tilida aks etmagan tashqi reklama vositalarini o‘z vaqtida bartaraf etishlarini so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#davlat_tili

🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Aziz hamshaharlar, hurmatli shahrimiz faollari!

Sizlarni bugungi ulug‘ ayyom — til bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Til – millatning yuragi, qalb ko‘zgusi.
U xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini, madaniyati va ruhiyatini o‘zida mujassam etgan muqaddas ne’matdir.

Ajdodlarimiz, xususan, Alisher Navoiy turkiy tilning go‘zalligi va boyligini butun jahonga tanitgan bo‘lsa, jadid ziyolilarimiz uning asrab-avaylanishini milliy burch sifatida ko‘rganlar.

Bugungi kunda ham bu ezgu an’ana izchil davom etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsolidir.”

Bugun o‘zbek tili nafaqat ish yuritish, balki ilm-fan, madaniyat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchiga aylanmoqda.

Keling, barchamiz ona tilimizni yanada e’zozlaylik, uni ardoqlab, yosh avlod qalbiga singdiraylik!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🖊 Ilxom Klichxanov
Nurafshon shahri hokimi

https://t.me/Nurafshonpressa
👍42