Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.4K photos
3.42K videos
47 files
11K links
Download Telegram
#diqqat_tanlov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Temuriylar tarixini bilasizmi?” mavzusida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Intellektual musobaqada Toshkent viloyati hamda tuman-shaharlar miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va jamoat, nodavlat-notijorat tashkilotlar xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin.

Intellektual musobaqa 9-aprel kuni o‘tkaziladi.

Jamoalar 6 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi talab etiladi.

Ishitrok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun https://t.me/rmmm_tvb manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Diqqat_tanlov

⚡️O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik-idoralar harbiy xizmatchilari hamda shahardagi 18 va undan yuqori yoshdagi havaskor va professional ijodkorlar o'rtasida
"Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik"
"Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq"
"Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she'r"
tanlovlarini o'tkazish belgilangan.
Tanlovga ijodiy ishlar na'munalari 9-avgust sanasidan 20-avgust sanasiga qadar Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar boʻlinmasiga olib kelib yoki telegram
@oq_bulut15 manziliga taqdim etishingiz soʻraladi.
⚡️📌Mazkur koʻrik-tanlovning gʻoliblari
25-sanasida maxsus diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Barchangizga ushbu koʻrik-tanlovda faol ishtirok etib, gʻoliblar qatorida boʻlishingizni tilab qolamiz!!!
❗️#diqqat_tanlov

“Buvim aytgan ertaklar”


“Mash’al” gazetasi tahririyati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Buvim aytgan ertaklar” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda maktab o‘quvchilari bobo-buvilaridan eshitgan ertaklarini bayon qilgan holda tahririyatga yuborishlari talab etiladi.

Tanlovga yuborilgan eng yaxshi ertaklar “Mash’al” va “Adabiyot ziyosi” gazetalarida e’lon qilinadi.

Eng sara ijodiy ishlar tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdirlanadi va g‘oliblar ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

Tanlov uchun yuboriladigan ijodiy ishlar 2025-yil 16-maydan 2025-yil 29-maygacha qabul qilinadi.

Bolalardan bobo-buvilari aytgan ertaklar bayonini kutib qolamiz.

Murojaat uchun telefonlar:
+998 99 850-30-27, +998 99 060-47-15.

Manzil: 111500, Nurafshon shahri Toshkent yo‘li ko‘chasi 123-uy.

Tashkiliy qo‘mita.


Kanalga ulaning👇
▫️
@mashal_gzt