Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#faxr

Toshkent viloyati sportchilari Bahraynda yuksak natija qayd etishdi

Bahrayn Qirolligida bo‘lib o‘tgan III Osiyo yoshlar o‘yinlari O‘zbekiston jamoasi uchun muvaffaqiyat bilan yakunlandi.

Oxirgi kunda ham sportchilarimiz yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib, yorqin g‘alabalarga erishdi.

Bo‘stonliq tumanining faxrli farzandi Hasanboy Xolmuratov +94 kg vazn toifasida dast ko‘tarish mashqida 153 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Umumiy hisobda Toshkent viloyati sportchilar musobaqalarda:

Og‘ir atletika va muaythai yo‘nalishlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza, boks yo‘nalishida 1 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Bu o‘yinlar Osiyo yoshlarining eng yuksak sport mahoratini namoyon etadigan sahna bo‘lib, kelajakdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1