Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.4K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inklyuziv_shahar

To‘siqsiz muhit sari qadam


Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablariga muvofiq namunaviy ko‘chalarni moslashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bu jarayonda viloyatda to‘siqsiz muhitni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahri markazida 840 metr masofada taktil yuzali bruschatka qoplamasi yotqizilib, ovoz chiqaruvchi svetoforlar o‘rnatildi.

Shuningdek, viloyatning 22 ta tuman va shaharida jami 23 ta nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan ko‘chalarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Misol uchun, Yangiyo‘l shahridagi Sh. Rashidov va Samarqand ko‘chalarida 546 metr piyodalar yo‘laklarida ko‘zi ojiz shaxslar uchun ogohlantiruvchi va yo‘naltiruvchi taktil qoplamalar yotqizildi.

Toshkent tumani Sh. Rashidov ko‘chasida 5100 metr yo‘lak ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan taktil qoplamalar bilan qoplandi.

Yuqori Chirchiq tumani Chirchiq ko‘chasida 1300 metr yangi piyodalar yo‘lagi qurish ishlari davom etmoqda.

Ma'lumot uchun aytish joizki, joriy yil yakuniga qadar Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida jami 22 ming 690 metr uzunlikdagi namunaviy, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan ko‘chalarni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inklyuziv_shahar

🏃 2025-yilda mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish yo‘nalishida aniq amaliy qadamlar tashlandi.

🤝 Ijtimoiy inspeksiya va IIV YHXX hamkorligida:
14 ta hududdagi 18 ta serqatnov chorraha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi;
1 025 ta svetoforga ko‘zi ojizlar uchun ovozli qurilmalar o‘rnatildi;
261 km piyodalar yo‘laklariga taktil qoplamalar yotqizildi.

👨‍🦯 Bundan tashqari, 228 ta ko‘chada imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsiz hamda to‘siqsiz harakatlanishni ta’minlash bo‘yicha moslashtirish ishlari olib borilmoqda.

🧮 Shu jumladan, Toshkent viloyatida ham amaliy ishlar davom etib, ayrim ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari taktil qoplamalar, xavfsiz o‘tish joylari va moslashtirilgan infratuzilma bilan ta’minlanmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1